Akbar Ismatullaevda koronavirus aniqlandi
24 sen 2020 11:47
Yangiliklar


Akbar Ismatullaevda koronavirus aniqlandi
"Buriram Yunayted" yarim himoyachisi Akbar Ismatullaevda Tailand chempionati restarti oldidan COVID-19 aniqlandi.
Sog'liqni saqlash vazirligi mavsum restarti oldidan 29 yoshli yarim himoyachida koronavirus infekciyasi aniqlanganini elon qildi.
Birinchi va ikkinchi ligadagi barcha futbolga aloqador insonlardan 1115ta test olingan va faqatgina "Buriram" xavbekida infekciya aniqlangan.
Vazirlik maxfiylik sabab o'zbekistonlik futbolchining ismini oshkor etmadi. Ammo, bu "Buriram"dagi xavbek Akbar Ismatullaev ekanligi aniq.
Malumot uchun, "Buriram" yaqinda o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar