Akbar Ismatullaev: "Kasallikdan tuzalib bo'ldim"
24 sen 2020 12:08
Yangiliklar
Akbar Ismatullaev: "Kasallikdan tuzalib bo'ldim"
Biroz oldin saytimizda "Buriram" yarim himoyachisi Akbar Ismatullaev koronavirus bo'lgani haqida xabar chiqqandi.
Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hamyurtimiz bilan bog'landik.
"O'zbekistondagi barchaga alangali salom yo'llayman. Sentyabr oyi boshida koronavirus uchun topshirgan testim ijobiy natija bergani rost. Biroq o'zimni yaxshi his qildim va uch kundan keyin olingan test infekciya yo'q deb chiqdi. Ayni paytda to'liq kuch bilan mashg'ulotlarda ishtirok etayapman. 26 sentyabr kuni "Supxanburi" bilan o'yin bo'ladi. Katta ehtimol bilan ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushaman", - deydi Akbar Ismatullaev championat.asia saytiga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar