So’nggi yangiliklar

12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  4 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  4 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  17 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  10

Akbar Ismatullaev: "Bu yil qanday kuchga egaligimizni ko'rsatdik" Yangiliklar

Akbar Ismatullaev: "Bu yil qanday kuchga egaligimizni ko'rsatdik"

CHempionat qahramonlari bilan berib borayotgan intervyularimizning navbatdagisida yarim himoyachi Akbar Ismatullaev savollarimizga javob qaytardi.
- Akbar, og'ir o'tgan mavsumdan keyin charchoqlar chiqib ulgurdimi?
- CHempionlikka erishganimiz barcha charchoqni engishga kuch beradi. 24 noyabrdan yakka holda mashg'ulot o'tkazishga kirishdik. Murabbiylar tuzib bergan dastur asosida engil yugurish va zalda jismoniy mashqlarni bajarishni boshladik. 14 dekabrdan jamoa bilan yana yig'inda qatnashishimiz lozim. Ungacha ham o'z ustimizda ishlab boramiz.

- Mavsum qanday taassurot qoldirdi?
- CHempionat boshlanishi arafasida jamoadagi futbolchilar bilan birga mavsumni sovrin bilan tugatishga ahd qilgandik. Buni oliy ligada uddalashga muvaffaq bo'ldik. CHempionlikni qo'lga kiritish oson kechgani yo'q. CHunki buning uchun mavsum mobaynida mehnat qildik. Har bir o'yinni o'tkazgach, keyingi bahsga tayyorlanishni boshlab yuborardik. Oltin medallarga ega chiqib, muxlislar va klub rahbariyatiga xursandchilik ulashdik. Bundan barchamiz xursandmiz. O'tgan yili sovrinsiz qolgandik. Bu yil esa “Paxtakor"ning qanday kuchga egaligini ko'rsata oldik. Yil davomida bir tekis o'yin namoyish qildik.

- Kuchlilardan tashqari yana qaysi jamoalarning o'yini sizga maqul keldi?

- Qolgan klublarning barcha o'yinlarini kuzatmadim. Bizga qarshi maydonga tushganlardan “Navbahor”, “Neftchi” va “Olmaliq” juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu jamoalar bilan uchrashuvlar oson o'tmadi. Namanganda ham biz uchun juda muhim bahsda qiyin g'alabani qo'lga kiritdik.

- “Paxtakor” o'tgan yil bilan solishtirganda qanday o'zgarishlarga yuz tutdi?

- Bizda ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Buni oliy ligada chempionga aylanganimiz ham ko'rsatib turibdi. Maydon ichida ham, uning tashqarisida ham barcha futbolchilar bir-biriga iliq munosabatda bo'ldi. Jamoadagi muhit yaxshilangani bizga yil davomida qo'l keldi. SHuningdek, mashg'ulotlarda ishlash va o'yinni tashkil qilishda yaxshiroq ishlay boshladik. Bunda menejerimiz Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabining mehnati katta bo'ldi. Jamoa va klubdagi har bir xodim o'z vazifasini yaxshi bajargani sababli biz 10-bor O'zbekiston chempioniga aylandik.

- “Paxtakor”ning asosiy tarkibida maydonga tushayotgan futbolchilardan 7 nafari akademiyadan chiqqan. Yana bir necha o'yinchi bunga yaqin turibdi. O'yin davomida akademiyada tarbiyalangan futbolchilar bilan harakatlanishda qandaydir engilliklar bormi?
- Ha, jamoaviy o'yinni tezroq tushunish va uni shakllantirish osonroq. CHunki akademiyada tahsil olganlar jamoaning uslubini yaxshiroq biladi, tushunadi. Bu yil asosiy tarkibda ko'p o'ynaganlardan Krimec, Hoshimov, Kozak, Iskanderov, Sergeev va men akademiyada tarbiyalanganmiz. Masharipov ham asta-sekinlik bilan asosiy jamoada o'ynab kelyapti. Ular bilan bir-birimizni tushunishda muammolar uchramaydi. Jamoaning o'yin uslubiga ko'nikish ham ko'p vaqtni olmaydi. Akademiya “Paxtakor”ga juda yaxshi xizmat qilyapti. Hali keyingi mavsumlarda tarkibga yana bir qator tarbiyalanuvchilar kelib qo'shiladi.

 

Akbar ISMATULLAEV

Tug'ilgan sanasi: 10.01.1991

Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri

Poziciyasi: yarim himoyachi

“Paxtakor”da 2010 yil Samarqandda “Dinamo” bilan uchrashuvda debyutini o'tkazgan. Oliy ligada 87 uchrashuvda maydonga tushgan.

Milliy terma jamoada 5 o'yinda qatnashgan.

2 karra O'zbekiston chempioni (2012, 2014) va 2011 yilgi O'zbekiston Kubogi sohibi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика