So’nggi yangiliklar

18:27Рой Кин: "Илгари дурангдан сўнг "Манчестер Юнайтед"га нисбатан ҳуштакбозлик қилишарди, энди эса олқишлашмоқда"  0 17:59"Барселона" футболчиси шартномани узайтириш бўйича музокараларни тўхтатди  1 17:33"Куртуа Бельгия терма жамоасига қайтиш-қайтмаслик масаласини ўзи ҳал қилиши ғалати"  1 17:06"Арсенал" мухлислари учун хушхабар! Артета Сака жароҳатдан қайтаётганини эълон қилди  2 16:40Чўгирмали мухлислар, "отжимания" қилаётган Аброр, Air Қўзиев – "Хоразм" мавсумни ишончли ғалаба билан бошлаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:23Гиоргадзе, Урата, Станоевич, Ҳамробеков... Суперлига 1-тур рамзий терма жамоаси  6 15:55Европанинг учта нуфузли клуби Ван Дейкка кўз тикди  3 15:29Райс: "МЮ билан дуранг – адолатли натижа"  2 15:04"Биз охиригача курашамиз". Эдегор – "Арсенал"нинг чемпионлик имкониятлари ҳақида  3 14:38Аморим: "МЮ ҳеч қачон ўлмайди, бу аниқ"  3 14:10"Ал Ҳилол" ҳужумчиси Митрович юрак тез уриши туфайли шифохонага ётқизилди  19 13:46"Навбаҳор" "Динамо" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:28"Барселона" ва "Реал" футболчилари медиа лига клуби президенти бўлади  0 13:00Буффоннинг ўғли Филиппо Инзаги жамоасида дебют қилди  3 12:33"Манчестер Юнайтед" АҚШда турнир ташкил қилади  1

Akalarining dardiga sherik bo'lgan ukalar Yangiliklar

Akalarining dardiga sherik bo'lgan ukalar

Yana Saudiyaga kelganda kuchimiz etmadi.

Saudiya ham Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya kabi biz uchun taslim etish mashaqqatli bo'lgan jamoalardan biriga aylanib ulgurdi. To'g'ri, Dubaydagi musobaqa o'rtoqlik maqomida, hali asosiy bellashuvlar bizni oldinda kutib turibdi, biroq ushbu musobaqa jiddiy sinov bo'lishi lozim. Kechagi o'yinda raqibimiz fantastik o'yin ko'rsatmadi, ularda ham chigal masalalar etarlicha ekanini guvohi bo'ldik. SHunchaki, biz ularga qarshi noto'g'ri o'yin namoyish etdik. Keling, tafsilotlarni ko'rib chiqamiz.

O'zbekiston yoshlarining hujumlari asosan, himoyadan uzatma orqali hujumchilarni yoki qanot yarim himoyachilarini oldinga boshlash orqali tashkil etildi. Biroq tan olish joiz, tezkor saudiyaliklar bu borada bizning o'yinchilarga deyarli imkon berishmadi. 

Bizdagi mavjud vaziyatlar esa pressing hamda qisqa paslar evaziga vujudga keldi. Afsuski, yuqoridagi uslub asosida ko'p vaqtni behuda sarfladik, yani ushbu raqibga qarshi tezkorlik uslubi qo'l kelmasligi ayon bo'ldi. Aksincha, ular tezkorlik borasida har tomonlama ustun keldi.

Saudiya qarshi hujumga asoslangan o'yin uslubini taklif etdi. CHunki ularning ham qisqa paslar bilan yaxshi kelisha olmasligini kuzatdik. SHuni bilgan holda raqiblarimiz o'z yarim maydonida jam bo'lishib, hamla qilishga shay fursatni kutishdi va birinchi gol ham aynan qarshi hujumda yuzaga keldi.

Olimpiya terma jamoamizning o'zagi hisoblangan "Olimpik"ning "Paxtakor"ga qarshi to'qnashuvini tahlil qila turib, jamoa himoyachilarining oldinga chiqib ketayotgani, oqibatda qarshi hujumda "sherlar" bir necha bor yosh mudofaachilarni dog'da qoldirganini misollar bilan keltirib o'tgandik. Kechagi o'yinda ham aynan shunday holat sodir bo'ldi. Raqib yarim maydoniga chiqib ketgan himoyachilarimiz ortga qaytishda saudiyalik jo'ralariga kimo'zar poygasida yutqazishdi, natijada hisob ochildi.

Birinchi goldan tashqari yana ko'pgina vaziyatda himoyachilarimiz raqib futbolchilariga tezlik borasida qarshilik ko'rsatishda chelak-chelak ter to'kishdi.

Ikkinchi golni o'zimiz raqiblarga sovg'a qilib qo'yaqoldik. Oldinroqda turgan himoyachilar, pas berishda kechirib bo'lmas xato, natijada tablodagi 1 soni o'zgardi.

Ushbu vaziyatda o'zbekistonlik himoyachilar nafaqat gol o'tkazib yuborishdi, balki darvozabon Vladimir Nazarovning jarohat olib, maydonni erta tark etishiga ham "zamin yaratishdi". Ushbu holat menga O'zbekiston Superkubogidagi Norchaev–Suyunov to'qnashuvini eslatib yubordi.  O'shanda ham "Paxtakor" himoyachisi Larinning qo'pol xatosidan so'ng "Nasaf" hujumchisi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi. Farqi shundaki, unda Suyunov jamoasini muqarrar goldan qutqarib qolgandi, Nazarov ham ehtimol, bu ishni uddalardi, agar saudiyalik ikkinchi hujumchi uning yaqinida bo'lmaganida.

O'zbekiston o'yin davomida, asosan, to'rt himoyachi bilan harakat qildi. 

Markazda esa Jasur Jaloliddinov bog'lovchi vazifasini bajardi. Jasur harakatchanligi bilan ajralib turdi. Unda ham qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq pas berish borasida ko'p xatoliklarga yo'l qo'ydi. Ehtimol, bu nuqson kelgusi o'yinlarda tuzalib ketadi, deb o'ylaymiz.

O'zbekiston olimpiyachilari tezlik va himoyadagi xatolarga qaramasdan, ko'pgina jabhalarda ustunlikka ega bo'lganini ham qayd etib o'tish joiz. Jumladan, to'pga egalik qilish (56%-44%), hujumlar soni (106-99), xavfli hujumlar soni (52-31) bo'yicha raqibiga dars berib qo'ydi. Agar imkoniyatlardan to'laqonli foydalanilganida, kecha biznikilar o'yindan keyin kiyinish xonasida tantana qilgan bo'lishardi.

Yuqoridagi tahliliy fikrlar shaxsiy qarashlarimdan iborat. Unga qo'shilish-qo'shilmaslikka haqqingiz bor, albatta. Kapadzening o'zi takidlaganidek, shu kabi o'yinlar orqali yoshlar tajriba orttiradi. Siz singari men ham terma jamoamizning kelgusida o'yinlarida chiroyli futbol ila g'alaba qozonishini istab qolaman.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика