Akademiya - futbol klubining boyligi
08 apr 2015 11:21
Yangiliklar

Akademiya - futbol klubining boyligi
Mamlakatimizda yildan-yilga futbol akademiyalariga ko'proq etibor qaratilyapti.
Bu borada etakchi hisoblangan Paxtakor, Bunyodkor va Nasaf akademiyalari qatoriga hech ikkilanishsiz Mashalnikini ham qo'shish mumkin. Aslida yurtimizda ilk bolalar futbol akademiyasi aynan Muborak shahrida, Mashal qoshida tashkil topgan. Bugungi kunga kelib, o'sha paytdagi say-harakatlar o'z mevasini bera boshladi. Aytaylik, o'tgan yili Mashalning o'rinbosarlar jamoasi mamlakat chempioni bo'ldi. Biz ayni mavzu yuzasidan Mashal jamoasi katta murabbiyi Maqsud Irisboev bilan suhbatlashdik.
- Dastlab viloyat hududidan 15-17 yoshli qobiliyatli o'smirlar saralab olinib, ularning viloyat, respublika musobaqalarida ishtirok etishlari taminlandi, - deya so'z boshladi M.Irisboev. - Hozir esa akademiyaga bolalarni 9 yoshdan qabul qilish yo'lga qo'yilgan. Oldin klub qoshida 66 o'rinli yotoqxona va shuncha o'rinli oshxona bor edi. Endi kiyinish xonalari, issiq va sovuq suv bilan taminlangan dush, sanitariya uzellari, metodik sinflar yoshlar ixtiyoriga topshirilgan. Multsinf zamonaviy kompyuter, videoproektor, tele-videoapparatlar bilan jihozlangan bo'lib, tarbiyalanuvchilar rus va ingliz tillarini o'rganish bo'yicha nazariy-amaliy mashg'ulotlar olib borishadi. Mashg'ulotlar har kuni qatiy jadval asosida o'tkaziladi. Ingliz tili darslari multimedia metodi bo'yicha o'tiladi. Akademiya o'quvchilari shu atrofda joylashgan 1 va 4-umumiy o'rta talim maktablarida bilim olishadi. Akademiya ushbu maktablar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Tarbiyalanuvchilar uchun Bahrom Vafoev nomli stadion hududidan maydon ajratilgan. Qo'shimcha qumli maydon, akrobatika va gimnastika mashg'ulotlarini o'tkazish uchun trenajyor xonalari ham bo'lajak futbolchilarga xizmat qilmoqda.
2005 yildan etiboran akademiya o'zining alohida smetasiga ega bo'ldi. Aynan o'sha yili akademiyaning ilk bitiruvchilari etishib chiqishdi. Ular oliy ligada darhol to'p surish uchun yoshlik qilishardi, shuning uchun Mashal qoshida farm-klub tashkil etildi va unga akademiya bitiruvchilari jalb etilishdi. Yosh futbolchilar jamoasi shu paytgacha Yangier, Mashal-Akademiya, Mashal-2 nomlari ostida birinchi ligada ishtirok etdi. Akademiya bitiruvchilaridan Konstantin Boev, Samandar SHodmonov, Jasur Boboev, Jahongir Jiyamurodov, Artyom Filiposyan, Asqar Yoqubov, Bahodir Murtazoev, Nodir Davlatov, Sanjar Quvvatov, SHerzod Azamov, Fozil Musaev, Siroj Hamroev, SHuhrat Muhammadievni alohida qayd etish o'rinli.
Mana, o'tgan yili o'rinbosarlar jamoamiz Mashal klubi tarixida ilk bor mamlakat chempioni bo'ldi. Bu shu paytgacha qilingan ishlar samarasidir. O'tgan mavsum o'zlarini ko'rsatishgan Abdiev, Hamdamov kabi yosh futbolchilarni bu yil asosiy tarkibga jalb qildik. Bundan tashqari, o'rinbosarlardan 5-6 nafari har doim asosiy tarkib bilan birga mashg'ulot o'taydi. Joriy yil ham o'rinbosarlar jamoamiz oldiga katta vazifalar qo'yiladi. Bu jamoamiz bilan bolalar futbolini juda yaxshi biladigan mutaxassislarimiz Jamshid Saidov va Dilshod Andaev ishlashyapti. Turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizga nomzodlarning muntazam etkazib berilayotgani ham bejiz emas.
Bugungi kunda 4ta yosh guruhida futbolchilar tarbiya olishyapti. Har birida ikki nafardan murabbiy ishlayapti. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan tashkil qilingan. Bolalar maktabdan kelishganidan so'ng nazariy mashg'ulotlarda ishtirok etishadi. Futbol maktab darslariga xalal bermaydi. Jadval asosida kunning birinchi va ikkinchi qismiga mashg'ulotlar belgilangan. Yopiq zal, trenajyor zali, suniy va tabiiy maydonlar yosh futbolchilar ixtiyorida. Barcha sharoitlar yaratilgan.
Akademiyamiz jamoalari shanba va yakshanba kunlari Kasbi, Koson kabi tumanlardan keladigan klublar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazishadi. O'z o'rnida o'zimiz ham mehmonga boramiz. Bu o'yinlar bejiz tashkil etilmaydi. Birinchi galda, uchrashuvlar orqali futbolchilar o'sishga erishadilar. Qolaversa, murabbiylarimiz qo'shni tuman jamoalari tarkibidagi istedodli yoshlarni saralab olib, akademiyamizga taklif qilishadi. Bu bilan selekciya ishlari ham to'g'ri yo'lga qo'yiladi. Akademiya tarbiyalanuvchilarini bosqichma-bosqich avval tayyorlov guruhi, keyin o'rinbosarlar va asosiy tarkibga jalb qilamiz.
Yakunda shuni aytishim kerakki, bugungi kunda akademiyaning professional futbolda tutgan o'rni juda katta. Akademiya - bu klublarning boyligi. Tayyor o'yinchining klubga olib kelishdan ko'ra, asosiy etibor akademiyaga qaratilsa, har tomonlama foydali bo'ladi. Bunyodkor, Paxtakor, Nasaf va Mashal akademiyalaridan etishib chiqayotgan yoshlarni bugun barcha yosh toifasidagi terma jamoalarda ko'rish mumkin. Mana, bu yil 3 nafar futbolchimiz Bunyodkor klubiga taklif etildi. Ular bugungi kunga kelib, asosiy tarkibda o'ynashga ulgurishdi. Yigitlarimiz yutuqlarini ko'rib, tabiiyki, quvonamiz. Qani endi qolgan klublarda ham ishlar talab darajasida yo'lga qo'yilsa. Agar shunday bo'lganda, biz allaqachon jahon chempionatiga chiqardik...
"Interfutbol" gazetasi

Fikrlar