Aka va ukalar boshqaruvidagi jamoalar 1-o'rinda!
01 mar 2020 17:51
Yangiliklar


Aka va ukalar boshqaruvidagi jamoalar 1-o'rinda!
A Seriyaning 26-turida "Lacio" o'z maydonida "Bolonya"ni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu g'alaba orqali Simone Indzagi shogirdlari 62 ochko jamg'arishdi va turnir jadvalida 60 ochko to'plagan "Yuventus"ni ortda qoldirib, yuqori pog'onaga ko'tarilib oldi.
Italiyaning B Seriyasida esa ayni damda Filippo Indzagi boshqaruvidagi "Benevento" jamoasi karvonboshilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi jamoa bilan farq esa 17 ochkoni tashkil qiladi.
qayd etish kerak, Simone va Filippo Indzagi - Italiya futboli tarixida bir vaqtning o'zida ikki ligada etakchilik qilayotgan murabbiy bo'lishdi.
Ular hech qachon bir jamoa tarkibida o'ynashmagan va faqatgina 2000 yilda Italiya termasi tarkibida birgalikda bir o'yinda qatnashishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar