Ajoyib "poker" sohibi - Kris Nikoll
08 sen 2016 00:00
Yangiliklar
Ajoyib "poker" sohibi - Kris Nikoll
Angliyaning "Aston Villa" jamoasining sobiq futbolchisi Kris Nikoll "Lester"ga qarshi bellashuvni hech qachon unutmaydi.
1976 yilda Angliya chempionati doirasidagi "Aston Villa" - "Lester" uchrashuvida Kris Nikoll g'alati ko'rsatkich qayd etgan.
O'sha o'yin 2:2 hisobi bilan yakunlangan.
Qizig'i shundaki, uchrashuvdagi har to'rttala gol muallifi ham "Aston Villa" futbolchisi Kris Nikoll bo'lgan. Kris Nikoll mazkur o'yinda o'ziga xos "poker" sohibiga aylangan.
Fikrlar