So’nggi yangiliklar

07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   0 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  11 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  5 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  81 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   7

"Ajdarlar" tarkibidagi SHer nega Katanecdan chaqiruv olmadi? Yangiliklar

"Ajdarlar" tarkibidagi SHer nega Katanecdan chaqiruv olmadi?

O'FA matbuot xizmati O'zbekiston MTJning Iordaniyada o'tkaziladigan yig'iniga jalb etilgan futbolchilar nomini malum qildi.

Sentyabr oyidagi yig'in uchun tarkibni Ravshan Haydarov yig'gani aytilgandi. Bu Katanec uchun 2-o'quv-mashg'ulot yig'ini. Janob Srechkoning yurtimizga kelganiga 1 oydan oshdi. U ichki muhit bilan tanishishga, futbolchilarni malum darajada o'rganishga ulgurgan bo'lishi kerak.

Ro'yxatda O'tkirbek Yusupov, SHahboz Umarov va Jasurbek Yaxshiboevlarning borligi tarkib sloveniyalik mutaxassis tomonidan yig'ilganini ko'rsatib turibdi. Bu quvonarli holat. Ammo har doimkidek savollar ham yo'q emas. Gap mudofaa chizig'ining chap qanoti haqida boryapti. Bu nuqtaga "Paxtakor"dan Farrux Sayfiev va "Nijniy Novgorod"dan Ibrohimhalil Yo'ldoshev safarbar qilingan.

Bularning ikkisiga ham etiroz bo'lishi mumkin emas. Haqiqatan ham Farrux o'zbek futbolining so'nggi yillardagi eng yaxshi fulbeki va terma jamoaning eng tajribali futbolchilaridan biri. Ibrohimhalil esa kelajagi porloq, potenciali yuqori o'yinchi. Ko'pchilik Sayfievning vorisi sifatida aynan uni ko'rmoqda.

Ammo ushbu futbolchilarga hurmatni saqlagan holda aytishimiz kerakki, milliy jamoa libosiga ulardan kam loyiq bo'lmagan yana biri bor. Darrov payqagan bo'lsangiz kerak, gap Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi SHerzod Nasrullaev haqida boryapti. 

1998 yil Kosonda tug'ilgan futbolchining ampluasi, o'yin uslubi, maydondagi harakatlari-yu raqami (34) Sayfievni eslatadi. Ko'pchlar u Farruxga havas qilib, uning raqamini tanlagan deb o'ylashadi. Aslida esa unday emas. Nasrullaev bolaligidan Fabiu Koentrauning muxlisi bo'lgan va akademiyada doim 5-raqamda o'ynab kelgan. "Nasaf"ning asosiy jamoasiga kelib qo'shilgan paytida Ro'ziqul Berdiev uni Farrux Sayfievga o'xshatib, Faraning raqamini beradi.

Yuqorida Katanec SHerzodni chaqirmaganiga hayron bo'lganimizni yashirmadik. Xo'sh, nega? Agar orangizda bu fikrga qo'shilmaydiganlar bo'lsa, quyida keltiriladigan statistika aynan siz uchun:

Farrux Sayfiev 2021 yilda 27 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ibrohimhalil Yo'ldoshevning hisobida yil boshidan beri 20 ta rasmiy o'yin bor, 2 gol-u 1 assisti bilan.

SHerzod Nasrullaev esa 23 o'yinda 3 gol, 12ta golli uzatmani amalga oshirgan!

Bizningcha, yuqoridagi statistikadan keyin hammani ovozi o'chib qoladi. CHunki Nasrullaevning bir o'zi Katanec chaqirgan 2 himoyachidan yaxshiroq natija ko'rsatyapti.

SHuningdek, SHerzod Nasrullaevning yana bir jihatini alohida takidlashga majburmiz. U nafaqat hujumga faol qo'shilib, tinimsiz ravishda "kross"larni amalga oshiradi. Balki mudofaada ham nisbatan xotirjam o'ynaydi va kam ogohlantiriladi. Bularning barchasi SHer allaqachon milliy jamoa darajasida ekanini ko'rsatyapti. Bu ketishda Katanec kelasi yig'in uchun tarkib yig'ayotgan mahali qog'ozga ilk uning nomini tushirishga majbur bo'ladi...


Etibor qiling, Farrux Sayfiev, I. Yo'ldoshev va Nasrullaev — 1 ta poziciya uchun dahshatli raqobat! Sizningcha, ulardan qay biri zo'rroq?

Terma jamoamizning himoyada o'ynaydigan darvozabonini bilasizmi?

Muallif :
Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика