So’nggi yangiliklar

14:57"Пахтакор" академияси жаҳоннинг энг яхши юзталигидан жой олди  0 14:52Куртуа "Реал" сафидаги юбилей ўйинини ўтказди  0 14:25"Андижон" Баҳрайн жамоаси билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:00"Милан" ҳимоячиси билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Ливерпуль" Салоҳни 12 ўйинга йўқотиши мумкин  2 13:03Суперлига. 26-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Шўртан"да йўқотишлар мавжуд  0 12:34Слот "Ливерпул"нинг 2 футболчиси жароҳат олганини маълум қилди  0 12:06Ўзбек клубларининг бағрига шамол тегадиган бўлдими?   3 11:48Антони ЙТҲда ҳалок бўлди  5 11:22Ла Лига президенти Хавьер Тебас "Барселона"нинг АҚШдаги ўйини бекор қилингани ҳақида кескин баёнот берди  5 10:30ОФК адолатсиз ташкилотми ёхуд нега Япония ОФКни тарк этмоқчи?  6 09:41Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 09:17Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  6 08:53ОЧЛ 2. "Истиқлол" ғалаба қозонди. Ашурматовнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:27Африканинг йил футболчиси учун номзодлар эълон қилинди  5

"Ajdarlar" chempionlik uchun navbatdagi qadamni tashlaydimi? "Navbahor" - "Nasaf" o'yiniga prevyu Yangiliklar

"Ajdarlar" chempionlik uchun navbatdagi qadamni tashlaydimi? "Navbahor" - "Nasaf" o'yiniga prevyu

Teglar :  NavbahorNasaf
Bugun Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Navbahor

Superliga. 18-tur

14/09/2024, 19:30

1
:
0
Tugadi

Nasaf

Jambuli Jigauri - 56'

45'
90'
60'  Jamshid Boltaboev (Komiljon Tojiddinov)
60'  Giorgi Nikabadze (Toma Tabatadze)
70'  Ruslanbek Jiyanov (Asadbek Jo'raboev)
70'  Abror Ismoilov (Siyavash Haqnazariy)
86'  Jamshid Iskanderov (Navro'zbek Iminjonov)
45'  Akmal Mozgovoy
56'  Jambuli Jigauri
56'  Oybek Bozorov
65'  Murodbek Rahmatov (Zafarmurod Abdurahmatov)
65'  Javohir Sidiqov (Marko Stanoevich)
82'  Jambuli Jigauri (Sharof Muhitdinov)
82'  Oybek Bozorov (Valentino Yuel)
90'  Zoran Marushich (SHahzod Akramov)

O'zaro o'yinlari tarixi

Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 55 bor to'qnash kelishgan. Bo'lib o'tgan 24 uchrashuvda «ajdarlar», 14 o'yinda esa namanganliklar g'alaba qozonishgan. 17 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 69:83, "Nasaf" foydasiga. Birinchi davrada Qarshida bo'lib o'tgan bellashuvda hisob ochilmagan. O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Navbahor» (6:0) 2016 yilgi mavsumda, «Navbahor» — «Nasaf» (6:0) 2004 yilgi mavsumda.

“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari bungacha Namanganda 26 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 9 tasida namanganliklar zafar quchishgan bo'lsa, 13ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 4ta o'yinda esa qarshiliklar g'alaba qozonishgan. "Navbahor" o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda "Nasaf" darvozasiga 43ta gol kiritgan, qarshiliklar esa 25ta to'p bilan javob qaytara olishgan xolos.


Etiboringizga, Namanganda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

30.10.2023. "Navbahor" - "Nasaf" 0:1

07.05.2023 "Nasaf" - "Navbahor" 0:0

02.08.2022 "Nasaf" - "Navbahor" 0:1

03.03.2022 "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

29.08.2021 "Nasaf" - "Navbahor" 0:1

19.03.2021 "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

26.09.2020 "Navbahor" - "Nasaf" 0:0


Bugun maydonga tushmaydigan futbolchilar

Mazkur bahsda qarshiliklarga Stefan CHolovich, Bobir Abdixoliqov, Dilshod Komilov diskvalifikaciya tufayli yordam bera olmaydi. "Navbahor"da esa Farruh Sayfiev uchrashuvni maydon tashqarisida kuzatadi.

Jamoalarning holati

"Navbahor" uchun mavsumni sovrinli o'rinlarda yakunlashdan ko'ra, kubokda zafar quchish orqali yuqori notada tugatish varianti haqiqatga yaqinroqdir. Jamoa so'nggi 5 ta o'yinda 4 ochko jamg'argan va bu jadvalda 12 o'rinda bormoqda. Yana bir qiziq fakt, 2024 yilda Namangandan hali hech qaysi jamoa ortga g'alaba bilan qaytgani yo'q. Bu borada "Navbahor" "ajdarlar" bilan tenglasha oladi. 

"Nasaf" o'z maqsadi yo'lida dadil qadam tashlashda davom etyapti. Superligada eng kam gol o'tkazgan jamoa - "Nasaf", 17 ta o'yinda 9 ta gol. To'plar nisbati eng yaxshi jamoa - "Nasaf" +16. Oxirgi 5 ta o'yinda eng ko'p ochko ishlagan jamoa - "Nasaf" 15 ochko

Taqvim

"Navbahor" jamoasining chempionatdagi taqvimi raqibinikidan biroz farq qiladi. "Lochinlar" xalqaro maydonda ishtirok etishmaydi. Sentyabr oyida Sergey Lushchan shogirdlarini 4 ta bellashuv kutib turibdi. Bugungi bahsdan so'ng 20 sanada Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'lsa, 5 kundan so'ng Namanganga "So'g'diyona" keladi. Oyni esa "Dinamo"ga qarshi bahs tugatib beradi. 

"Nasaf"

"Nasaf" jamoasi bugungi uchrashuvdan so'ng OCHL uchrashuvida mehmonda "Al Quvayt"ga qarshi maydonga chiqadi. 18 sentyabrda OCHL ("Al Quvayt") uchrashuvidan qaytgan jamoa 4 kun o'tib o'z maydonida OKMKni qabul qiladi. Ko'rinib turibdiki ketma-ket ikkita jiddiy raqiblar va ulardan biri turnir jadvalidagi raqobatchi. Sentyabr oyini "Bunyodkor" bilan Toshkentdagi to'qnashuv yakunlab beradi. 

Turnir jadvali

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика