So’nggi yangiliklar

15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  8 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  5 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  3 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  5 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  2 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  9 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  8 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  23

"Ajdarlar" 35 karra Iordaniya chempioniga qarshi (prevyu) Yangiliklar

"Ajdarlar" 35 karra Iordaniya chempioniga qarshi (prevyu)

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida "Al Faysali" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadigan o'yin haqidagi malumotlar bilan tanishing: 


Klublarning OCHLdagi oldingi ishtiroklari

"Nasaf" klubi ushbu musobaqada 7 marta ishtirok etgan. 2012, 2015, 2016, 2018 va 2022 yillarda "ajdarlar" guruh bosqichida o'ynashgan. Faqatgina o'tgan mavsum klub guruhdan keyingi bosqichga chiqa olgan va nimchorak finalda o'z yurishini to'xtatgandi.

35 karra Iordaniya chempioni, 21 karra Iordaniya kubogi sohibi, 17 karra Iordaniya Superkubogi sohibi, ikki marta OFK kubogi g'olibi bo'lgan "Al Faysali" klubi bu mavsum Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida debyut qilmoqda. 2018 va 2020 yillarda klub OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun o'yinlardan muvaffaqiyatli o'ta olmagandi.




O'zaro to'qnashuvlar tarixi

"Al Faysali" va "Nasaf" klubi bunga qadar ikki bor rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan. 2011 yil OFK kubogi nimchorak finalida "Nasaf" Qarshida bu jamoani 2:1 hisobida taslim qilgandi. Mezbonlar safida Lutfulla To'raev va Ilhom SHomurodov gol urishgan. 2018 yil OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun bahsda "Nasaf" o'z maydonida 5:1 hisobida zafar quchgandi.

OFK kubogi-2011, 1/8 final
"Nasaf" - "Al Faysali" 2:1
Gollar:
Lutfulla To'raev 28, Ilhom SHomurodov 56 - Anas Hijja 78.

OCHL-2018, pley-off
"Nasaf" - "Al Faysali" 5:1
Gollar:
Igor Golban 12, Bobir Abdixoliqov 49, Azizjon G'aniev 52, Dragan CHeran 61 penalti, Yosir Al Ravashdex 87 avtogol - Mexa Alban 90+4.





Yo'qotishlar

"Nasaf" safida himoyachi Alibek Davronov maydonga tusha olmaydi. Sababi u ayni paytda O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan birga Xitoydagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bundan tashqari argentinalik hujumchi Andres CHaves jarohati bois klub bilan birga Iordaniyaga uchmadi.


Murabbiylar fikri

Vassim al Mualla ("Al Faysali" bosh murabbiyi): "Turnirda imkon qadar uzoqroqqa etib borishga harakat qilamiz. Tahlilchimiz bilan birga raqibni o'rganish borasida ancha ishlar amalga oshirdik. "Nasaf"ning ko'pgina o'yinlarini kuzatib, kuchli va zaif tomonlarini bilib oldik.

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi): - “Al Faysaliy” jamoasini yaxshilab o'rganishga harakat qildik, ular hozirga kelib, chempionat bahslarining to'rtta uchrashuvida ishtirok etdi. Biz ushbu uchrashuvlarni kuzatdik. Ularning o'yini hujumga asoslangan. Men boshida takidlaganimdek, ular jiddiy va yaxshi o'yin ko'rsatadigan jamoa. Biz ularga qarshi bahs olib borganimizga besh yil bo'ldi. Bu allaqachon tarixga aylanib bo'lgan. Hozirgi holat esa umuman boshqa. O'tgan yili guruh bosqichidan chiqishni uddalagandik va bu mavsum ham ushbu natijamizni takrorlashni maqsad qilganmiz.




Hakamlar

OFK mazkur bahsga iroqlik Mohanad Qosim Sarray boshchiligidagi hakamlarni tayinladi.

"Al Faysali" - "Nasaf"
18 sentyabr 2023 yil. Amman, "Amman Xalqaro" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Mohanad Qosim Sarray (Iroq)
Qanot hakamlari: Vatheq Mdallal, Ahmed Sabah (Iroq)
Zaxira hakam: Kim Vosung (Koreya Respublikasi) Nazoratchi: Muhammad Basel (Suriya)
Komissar: Suvrat Suresh (Hindiston).





"Al Faysali" klubining OCHL 2023/2024 uchun ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar

1.Nuriddin Bani Atiya
21.Mehdi Halil (Livan)
45.Muhammad Al Emvase

Himoyachilar
3.Natan Mavila (Angliya)
4.Bara Musa Marie
5.Husam Abu Aldahab
17.Salim Al Ajalin
19.Anas Bani Yasin
23.Ehson Farhan Haddad
30.Mohannad Xayr Alla
77.Muhammad Al Klub

Yarim himoyachilar
6.Obeyda Al Samrieh
7.Amin Al SHanaineh
8.Baha Abdulrahmon
10.Yusuf Abu Jalbush Sisa
11.Orif Al Xoj
14.Nizar Al Rashdan
22.Holid Zakariya
24.Hussayn Orif SHevaier
27.Adham Al Refai
55.Muhammad Al Majali
70.Ahmad Abu SHaireh
78.Hassan Nenaah
80.Karim Lafi
90.Qusay Al Mansuri
91.Xotam Al Rushadi (O'mon)

Hujumchilar
9.Muhammad Al Eikish
20.Reziq Solih Banihani
99.Rafiq Kamerji (Tunis)



"Nasaf" klubiniing OCHL guruh bosqichi uchun to'liq qaydnomasi:

Darvozabonlar

1.Umidjon Ergashev
13.Adhamjon Musulmonov
35.Abduvohid Nematov

Himoyachilar

2.Alibek Davronov
5.G'olib G'aybullaev
8.Zafarmurod Abdirahmatov
28.SHuhrat Muhammadiev
32.Zafar Hakimov
34.SHerzod Nasrullaev
92.Umarbek Eshmurodov

Yarim himoyachilar

7.Akmal Mozgovoy
9.Javohir Sidiqov
17.Suhrob Nurulloev
18.Bahrom Abdurahimov
21.Doniyorjon Narzullaev
25.Bekjon Rahmatov
70.Jambuli Jigauri (Gruziya)
77.Oybek Bozorov
88.Marko Stanoevich (Serbiya)

Hujumchilar
10.Andres CHaves (Argentina)
19.Lima Kruz (Braziliya)
36.Azizjon Ahrorov
38.Anvar Turobov
99.Azizbek Amonov



"Al Faysali" — "Nasaf" uchrashuvi bugun, 18 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.


Al-Faisaly

AFC Champions League Grp. B . 1-tur

18/09/2023, 21:00

1
:
0
Tugadi

Nasaf Qarshi

Zafarmurod Abdirahmatov - 90'

45'
90'
46'  Rafik Kamergi (Mohammad Ahmad Suleimanan Aleikish)
66'  Aref Al Haj (Reziq Mohammed Saleh Bani Hani)
80'  Amin Farid Mohammad Al Shanaineh (Hatem Al Rushadi)
90'  Nizar Al Rashdan (Ahmed Shaira)
46'  Bakhrom Abdurakhimov (Jaba Jigauri)
65'  Sukhrob Nurulloev (Azizbek Amonov)
65'  Javokhir Sidikov (Marko Stanojevic)
78'  Mateus (Zafarmurod Abdirahmatov)
87'  Oybek Bozorov (Donier Narzullaev)
90'  Zafarmurod Abdirahmatov
90'  Donier Narzullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика