AYB HAMMAMIZDA, AYNIQSA SIZLARDA!
28 okt 2014 10:44
Yangiliklar


AYB HAMMAMIZDA, AYNIQSA SIZLARDA!
Hozir yozyapman, aytishingiz mumkin, ha endi bo'lib o'tgan ishdan keyin hamma narsani yozsa bo'ladi. Keling, kallani bir joyga qo'yamiz-da, so'nggi yillardagi natijalar aslida qanday kelgan-u, joriy mavsum nima uchun ishimiz yurishmaganini tanganing orqasiga qarab sharh beramiz. Ikki terma jamoamizning o'yinidan kelib chiqib, men murabbiylarni ayblamagan bo'lardim.
“MASH'AL”NING ISTE'DODLARI QAERGA YO'QOLDI?
Bundan ikki yil avval Fomichev davridagi “Mashal” haqida tanqidiy maqola yozgan edim. O'sha yillari “Mashal”da Toni Lindberg, Milorad Risanovich, Alik Haydarov, Igor Petkovich va Ilya Fomichev harakat qilgan edilar. Bu futbolchilarning birortasi oliy ligamiz talabiga javob bermas edi. SHuning uchun ham “Mashal” yakunda kuchlilar ligasini tark etdi. Terma jamoa safida Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan SHuhrat Muhammadiev o'sha yili bor-yo'g'i 13ta o'yinda qatnashgan. To'g'ri, orada kichik jarohatlar bo'lgan, Jahongir Abdumo'minov esa o'sha yilning o'zidayoq mavsumni to'liq o'tkazishi mumkin edi. Kuni kecha “Paxtakor”ga qarshi ajoyib o'yin namoyish qilgan O'tkir Yusupov murabbiylar nazaridan chetda qolib ketdi. Xuddi bir yil avvalgi Eldor Suyunov kabi. “Mashal” o'z tarbiyalanuvchilarining qadriga etmay qo'ygan holda quyi ligaga tushib ketdi. Qolaversa, Bahrom Davlatovning klubdan ketishi natijasida akademiyadagi sifat keskin tushib ketdi. Yillar davomida akademiyani boshqarib kelgan Vladimir Pavlenko oxir-oqibat ishdan ketishga majbur bo'ldi. Har yili yuqori saviyada o'tkazib kelinadigan “Lukoyl” turniri ham “tagiga oldi”. Meksikadagi JCHga “Mashal”dan 4 nafar futbolchi ishtirok etgan, G'anisher Xolmurodov, Sardor Rahmonov, Bobur Davlatov va Xolmurod Xolmurodov. Ularning bari asosiy tarkib futbolchilari edi. Tailandda “Mashal”dan Rahim SHaripov va Bakir Murtazoev Osiyo chempionati qaydnomasiga kiritildi. Rahim SHaripov bitta ham o'yinda maydonga tushmadi, Murtazoevda esa bor-yo'g'i 15 daqiqa. Myanmada esa Eldor SHomurodov 1995 yil tarbiyalanuvchisi sifatida musobaqani to'liq o'tkazdi. Asliddin Abdiev dastlabki ikki turda asosiy tarkibdan joy olmadi. Otabek SHukurov esa 1996 yil ekanligini inobatga olsak, “Mashal”dan 1995 yil uchun raqobatni yuzaga keltiradigan futbolchi deyarli chiqmagan. Nima uchun faqat “Mashal”ga yopishib oldingiz demang, hozir boshqa klublarga ham navbat keladi. “Mashal”dan boshlaganimning sababi bor, Muborakda O'zbekistonda birinchi bo'lib akademiya ochildi, ha aynan birinchi bo'lib. Ilk akademiya “Paxtakor”da emas, aynan Muborakda ochilgan edi. Buning uchun qancha mehnat ketmadi deysiz, yillar davomida qilinadigan selekciya, infrastrukturani shakllantirish. Eng birinchi internetga ulangan kompyuterlar ham “Mashal”da ishga tushgandi. 2012 yil o'z akademiyasi yordamida “Paxtakor” chempion bo'ldi, “Mashal” esa birinchi ligaga ravona bo'ldi. Fozil Musaev, Lutfullo To'raev, Ilhom Suyunov, Jahongir Jiyamurodov, aka-uka Davlatovlar, Kamoliddin Murzoev kabi futbolchilarni katta futbolga uchirma qilgan “Mashal”dan sifat yo'qolgan.
Bundan ikki yil avvalgi taxminim afsuski amalga oshdi, men o'shanda agar “Mashal”ni yo'qotsak, yani bizga futbolchi etkazib berib turgan “Mashal”ni, o'smir va yoshlar terma jamoamizga jiddiy salbiy tasir o'tkazishini aytgan edim. SHunday bo'ldi ham. To'g'ri O'FF klublarning faoliyatiga aralasha olmaydi, ammo bu vaziyatda aralashmasa bo'lmaydiganga o'xshayapti. Agar ish shunday davom etsa, Tailand va Myanmadagi Osiyo chempionatlari holva bo'lib qoladi. SHaxsiy fikrim, jamoaning bugungi kundagi vice-prezidenti Ilhom Qurbonov chin dildan o'zbek futboli yo'lida xizmat qilish niyatida bo'lsa, o'zi uchun maxsus dastur ishlab chiqsin, ha deb bo'lar-bo'lmas legionerlarni klubga jalb etavermasdan, natija bermasa-da akademiya tarbiyalanuvchilariga ishonishda davom etsin, ular bir kun kelib jamoaning joniga oro kiradi. Qolaversa, bozor iqtisodiyoti, bu erda futbolchilar biznesi boshlanish arafasida, Xomyakovni murabbiy sifatida hurmat qilaman. “Andijon” va “Mashal” birgalikda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi, “Andijon” ortga ravona bo'layotgan bir pallada, “Mashal” 5-o'ringga qattiq o'rnashib oldi. Bu degani, “Mashal” oliy ligadagi uncha-muncha klubdan kuchli strategiyaga ega, faqat akademiyasini qayta tiklasa bo'lgani. Faqat “Mashal” o'zini O'zbekiston futbolida tutgan o'rni bor ekanligini unutmasa bo'lgani.
BOSHQA KLUBLAR NIMA, SHUNCHAKI TOMOSHABINMI?
“Mashal”ni kichik yoshdagi terma jamoalar ichida tutgan o'rni haqida bilib oldingiz, “Paxtakor” haqida yozishga hojat bo'lmasa kerak. Endi oliy liganing qolgan klublariga nazar tashlaymiz. So'nggi ikki yildagi, to'rtta musobaqa orqali tahlilimizni boshlaymiz.
JAMOALAR |
2013 yil, U-19 |
2013 yil, U-16 |
2014 yil, U-19 |
2014 yil, U-16 |
JAMI |
PAXTAKOR |
13 |
9 |
7 |
9 |
38 |
BUNYODKOR |
3 |
4 |
6 |
2 |
15 |
MASH'AL |
1 |
3 |
3 |
2 |
9 |
NASAF |
1 |
1 |
6 |
8 |
|
LOKOMOTIV |
2 |
2 |
1 |
5 |
|
DINAMO |
1 |
1 |
1 |
3 |
|
BUXORO |
1 |
1 |
2 |
||
QIZILQUM |
1 |
1 |
|||
QO'QON-1912 |
1 |
1 |
|||
OLMALIQ |
1 |
1 |
|||
SPARTAK |
1 |
1 |
|||
ZARAFSHON |
1 |
1 |
|||
ANDIJON |
0 |
||||
NEFTCHI |
0 |
||||
SO'G'DIYONA |
0 |
||||
METALLURG |
0 |
||||
NAVBAHOR |
0 |
||||
SHO'RTAN |
0 |
P.S: Musobaqa qaydnomasida "Andijon" va "Guliston"dan ham o'yinchilar bo'lgan. Ammo Tohir SHamsutdinov va Azamat Abdullaev bir mavsumga "Paxtakor"dan ijaraga olingan edilar. "Lokomotiv"dagi Sardor Rahmonov esa "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi.
Yuqorida guvohi bo'lganingizdek, faktlarga ko'z yuma olmaymiz. “Paxtakor” shu yillar davomida eng ko'p o'yinchini terma jamoaga tarbiyalab bergan. Undan keyingi o'rinda “Bunyodkor”. Aslida bu jamoadan hozircha katta natija kutishga haqqimiz yo'q, boisi “Bunyodkor”dan bir necha yil avval tashkil topgan klublar bor, masalan “Andijon”, Navbahor”, “Neftchi”ni olaylik. Bo'lib o'tgan 4ta musobaqada bu klublardan bironta futbolchi yo'q. Demak, bu jamoalarning maktablariga bo'lgan etibor keskin tushib ketgan. Balki endi-endi yo'lga qo'yilar, lekin ortda qolgan yillar davomida ular nima bilan mashg'ul bo'lishdi? Albatta, bosh borib devorga urilishi shartmi? Nima bu shaharlarda istedodlar yo'qmi? Bo'lganda qandoq, faqat etibor yo'q. “Qo'qon-1912” ham aslida Rustam Ashurmatov tufayli jadvalga kirdi, asli qo'qonlik bo'lgan bu himoyachi, tarbiyani Toshkentda olgan.
“Lokomotiv” bugungi kunda o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yyapti, ammo bolalar futboliga kelganda biroz oqsayotganini ko'ramiz. Bu klubdan tashqari “Lokomotiv-BFK” jamoasi ham bor, 10 yillik faoliyati davomida terma jamoaga o'yinchi chiqarib bera olmadi. Menimcha, bu ikki klubni birlashtirgan holda jiddiy ish dasturini ishlab chiqish lozim. Bugungi kunda oliy ligada har bir jamoa o'z oldiga turli maqsadlarni qo'ymoqda, mana shu maqsadlar yo'lida ko'plab yoshlar manzilga etib bormayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Agar bizning ichki chempionatimiz tizimiga biroz o'zgartirish kiritsak, oliy ligani mukammallashtiradigan bo'lsak, yoshlarga yo'l ochilishi aniq.
Quyidagi statistikam hammasidan ham achinarli holatni yuzaga olib chiqadi. Marhamat, ko'rib chiqing. Men bu erda bundan 4 yil avval Toshkentda, bir yil o'tib Meksikada javlon urib, O'zbekiston terma jamoasini JCH-2018ga olib chiqishi kerak bo'lgan bolalarni hozir oliy ligamizda qancha o'yinda maydonga tushganini etiboringizga taqdim etmoqchiman.
FIO |
2014 |
Daqiqa |
Asl jamoasi/Ijarada |
Sardor Raxmonov |
9 |
684 |
Lokomotiv/Neftchi |
Ravshanjon Haydarov |
0 |
0 |
- |
Asiljon Mansurov |
0 |
0 |
Paxtakor/Metallurg |
Abbosbek Maxsitaliev |
7 |
617 |
Paxtakor/Andijon |
Azizbek Murotov |
0 |
0 |
Buxoro |
Sardor Sobirxo'jaev |
18 |
1197 |
Bunyodkor |
Xolmurod Xolmurodov |
1 |
45 |
Mashal |
Nodirjon Kamolov |
0 |
0 |
Neftchi |
Timur Hakimov |
7 |
118 |
Paxtakor/Olmaliq |
G'anisher Xolmurodov |
0 |
0 |
- |
Bobir Davlatov |
0 |
0 |
Rubin |
Javlon Mirabdulaev |
18 |
1273 |
Bunyodkor/Metallurg |
Jasurbek Hakimov |
14 |
678 |
Paxtakor/So'g'diyona |
Hasan Asqarov |
0 |
0 |
Bunyodkor |
Diyor Usmonxo'jaev |
0 |
0 |
- |
Muhsinjon Ubaydullaev |
0 |
0 |
Paxtakor |
Zabixullo O'rinboev |
5 |
304 |
Bunyodkor |
Davlatbek Yorbekov |
0 |
0 |
- |
Abdumavlon Abdujalilov |
0 |
0 |
- |
Sergey Smorodin |
0 |
0 |
Paxtakor/Andijon |
Mirzamurod Jo'raboev |
0 |
0 |
- |
Achinarli holat shunday emasmi? Bu yigitlarning aksariyati “Spark”ka minishdi-yu, gazni bosib qolishdi. Oliy ligada yoshlar tizimi yaxshi yo'lga qo'yilmagani uchun yuqoridagi “yulduzlarimiz”ni boy berdik. Joriy yildan boshlab “Bunyodkor” o'z futbolchilarini asosiy tarkibga qo'yganini inobatga olmasa, qolgan futbolchilar yo'qolishda davom etishyapti. 6 nafar futbolchi bu yil oliy liga qaydnomasidan ham joy olmadi. 7 nafari esa biron marotaba kattalar o'rtasida maydonga tushmagan. Bular bu yil 20 yoshni qarshi olganini inobatga olsa, bu juda katta yo'qotish ekanligini tushunib etamiz. Bo'lib o'tgan 23 o'yinda eng ko'pi Javlon Mirabdullaev va Sardor Sobirxo'jaev maydonga tushgan bo'lib, ularning hisoblaridagi o'yinlar soni 18ta. Men shunchaki bitta avloddan misol keltirib o'tdim. Aslida qolgan terma jamoalarda ham yo'qotayotganimiz juda ko'pchilikni tashkil etadi. Faqat ularni kechroq tushunib etamiz.
Bu vaziyatdan chiqsa bo'ladimi? Nega endi yo'q? Qozog'iston chempionatida har bir jamoa safida bir nafar 21 yoshdan oshmagan futbolchi maydonga tushishi lozim. Bu mavzuni ikki yil davomida ko'tardim, ammo PFLdan sado chiqmadi. Nega endi biz shu dasturni qo'llamasligimiz kerak, yaxshi yoshlar ko'p-ku? Faqat ularga ishonch yo'q. Deylik asosiy tarkibda bitta 20 yoshli futbolchi maydonga tushishi lozim. Tabiiyki, uning o'rniga faqat shu yoshdagi futbolchini maydonga tushirasiz. Demak, 18talik tarkibda ikki nafar yosh futbolchi bo'ladi. Ulardan biri qizil kartochka yoki jarohat oldi deylik, zaxirada yana bir nafar shu yoshda, asosiy tarkibga tortadigan o'yinchi kerak. Bu vaziyatda murabbiylar tayyor o'yinchiga yopishmasdan, selekciya ishlariga ham jiddiy etibor qaratishni boshlaydilar. Klublar 2015 yilgi chempionat uchun 1994 yilda tavallud topgan futbolchilar xizmatidan foydalanishga majbur bo'ladilar. Har bir klub o'z safiga kamida 3 nafar 1994 yilda tug'ilgan futbolchini jalb etishi kerak, bu 14ta jamoa uchun 42 nafar futbolchi degani, mana endi klublar o'yinchi qidirishni boshlashini ko'ring. Ko'ryapsizmi, aslida biz 4 yil avval kashf qilgan futbolchilarimizga, yo'qotib bo'lganimizdan keyin ehtiyoj sezamiz. Agar shu maqolani Mirabror Zufarovich o'qisalar va yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, PFL va klublarimiz bilan jiddiy gaplashib olsalar, biz sal bo'lsa-da oldinga siljigan bo'lardik.
TERMA JAMOA VA OLIY LIGA O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
2013 yil “Paxtakor” bundan jabrlangan edi. Yodingizda bo'lsa, 2013 yilning birinchi davrasida “Paxtakor” ko'plab kerakli ochkolarni yo'qotdi. Boisi, ha deganda Iskanderov, Sergeev, Kozak, Maxsitaliev turli yig'inlarga jalb etilaverdilar. Bu yil xuddi shu savdo “Bunyodkor” boshiga tushdi. Ozib-yozib yoshlarga imkoniyatni berayotgan klub yoshlari terma jamoalarga jalb qilinaverdi va “Bunyodkor” bir nechta o'yinlarda o'zi uchun kerakli bo'lgan ochkolardan mahrum bo'ldi. Lushanning sayi harakati va ishonchi natijasida Akrom Komilov, Zabixillo O'rinboev, Doston Hamdamov jamoaning asosiy tarkib futbolchilari qatoridan joy oldilar. Jahon amaliyotidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, oliy ligada o'z jamoasining asosiy tarkibida o'ynab turgan futbolchi faqatgina hal qiluvchi bosqichda terma jamoa ixtiyoriga etib borishi kerak. Ular o'z jamoalari safida medallar uchun kurashishi kerak, har oyda ikki hafta davomida terma jamoadan joy olmasdan. Bizning maqsad milliy terma jamoaga futbolchi tayyorlashmi yoki kichik doiradagi turnirlarda g'alaba qozonib, ko'p o'tmay istedodlarni yo'q qilish? To'g'ri, kichik Osiyo chempionatlarida qatnashishdan ayrim shaxslar manfaatdorlar, yani, har safar JCH yo'llanmasini qo'lga kiritilganidan keyin mo'maygina mukofot puli ishlanadi. Agar kattalar o'rtasidagi JCHga chiqsak, shaxsan hukumatimiz rahbari, undan tashqari O'FF rahbari hech kimni xafa qilib qo'ymaydi. Ammo JCHga chiqish bu juda murakkab ish, kichik rahbarlar balki o'sha pullarni oz-ozdan kichik JCHlar orqali ishlab olishni maqsad qilishgandir. Mavzudan chalg'itmay. Bizning maqsad kattalar o'rtasidagi JCHmi, demak, o'z jamoasining asosiy tarkibida o'ynab turgan yoshga hadeb teginaverish kerak emas, u jamoasida o'ynasin, pishsin va MTJ safidan joy olsin.
“Paxtakor”-ku, nima ish qilayotganini biladi, lekin kim javob bera oladi, muvaffaqiyatsiz mavsum uchun Lushanni joyidan olishmaydi deb. Uning aybi yoshlarni “jang”ga tashlaganimi? Axir bundan MTJ foyda ko'radi-ku? Hamma rahbar ham buni to'g'ri tushunmaydi, natija berilmasa murabbiyni ishdan haydashdan osoni yo'q, lekin umid qilamiz, “Mashal” akademiyasini oyoqqa turishida o'z hissasini qo'shgan Baxtiyor Boboev Lushanning qarorini to'g'ri tushunadi va unga ishonishda davom etadi. Bu yilgi “Bunyodkor” menga, Rivaldosi bor “Bunyodkor”dan ko'ra ancha yoqyapti.
Pul mavzusini bekorga ochmadim. Keling rag'batlantirishning boshqa yo'lini o'ylab topamiz. 17 yoshidan katta pulni qo'liga ushlayotgan har bir bola ota-onasiga olib bormayapti, har kim o'z istaganicha ishlatyapti. Keyin xuddiki marra zabt etilganidek, afsuski, hayot 15 million so'mdan iborat emasligini tushunib etishganida, poezd ketib bo'lyapti. Menda bir taklif bor. Deylik biz Osiyo chempioni bo'ldik, hech bo'lmaganda JCH yo'llamasini qo'lga kiritdik. Mukofot tariqasida beriladigan pullar bir deganda bolalarga berilmasin. Uni 50 foizi ota-onasining hisob raqamiga o'tkazilsin, qolgan pul bankka qo'yilsin toki futbolchi, 20 yoshga to'lmaguniga qadar futbolchi olmasin. Yana bitta band kiritilsin, qachonki u oliy liganini biron jamoasi safida bir mavsumda kamida 10ta o'yin o'tkazadi, shunda qolgan pullarni olsin. To'g'ri, bu xomaki taklif, ammo buni ustida jiddiy ishlasa, foydali qaror chiqarish mumkin. SHunchaki men yoshlar ichida yurib, bolalarni qanchalik buzilib ketayotganini ko'ryapman.
SELEKCIYA QANI?
Bu savolga javobni ham jadval orqali izohlab berishga qaror qildim. Fakti bilan bo'lgani yaxshi, to'g'rimi? 2008 yil o'smirlar o'rtasida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida nima uchun qoniqarsiz natija qayd etganimizni yaxshi olib borilmagan selekciya bilan izohlagan bo'lardim. Aslida selekciya faqat o'sha yil uchun emas, bugun ham eng og'riqli nuqtamiz hisoblanadi. Nima uchun 2008 yilni tanlab olganim sababi shuki, oradan 6 yil o'tib, o'sha payt murabbiy va selekciya bo'limining nazaridan chetda qolgan futbolchilar bugun oliy ligada o'ynayaptilar, aksincha Osiyo chempionatida ishtirok etganlar, bugun futbolimizda yo'qlar.
O'zbekiston – Indoneziya o'rtasidagi uchrashuv qaydnomasidan kelib chiqib statistikani etiboringizga taqdim etaman.
Asosiy tarkib |
Asosiy tarkibga kira olmagan va Osiyo chempionatiga bormagan futbolchilar |
2014 yilgi mavsumdagi klublari |
Oybek Tolipov |
Azim Ahmedov |
Navbahor |
Tohirjon SHamsiddinov |
Egor Krimec |
Paxtakor |
SHahzod SHoymonov |
SHerzod Fayziev |
Mashal |
Nabijon Komolov |
Navro'z Alimov |
Qizilqum |
Egor Krimec, 80 |
Dilshod Jo'raev |
Bunyodkor |
Farrux SHotursunov |
Dinamo |
|
Davronbek Hoshimov |
Jamoliddin Ubaydullaev |
Buxoro |
Azamat Mamajonov |
Alisher Ziyovutdinov |
Metallurg |
Akramjon Bahriddinov |
Agzamov Rustam |
So'g'diyona |
Maksim Utkin |
Elyor Oripov |
So'g'diyona |
Abdumutollib Abdullaev |
Otabek Zokirov |
Neftchi |
Ayubxon Gapparov |
- |
- |
Aleksandr Galeev, 70 |
||
Oyatullo Muhiddinov |
- |
- |
Bobur Abdurahmonov |
.
Bu tarkibdan Tolipov, Kamolov, Utkin, Abdullaev, Gapparov va Abdurahmonov kabi futbolchilarimiz allaqachon yo futbolni tashlab yuborganlar, yo biz bilmagan klublarda faoliyat olib boryaptilar. Bu Indoneziya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqqan tarkib edi. O'sha yillari Krimec asosiy tarkib futbolchisi sanalmas edi, bugun u MTJda. Yana selekciya yaxshi yo'lga qo'yilmagani tufayli javdaldan o'rin olgan aksariyat futbolchilar etibordan chetda qolganlar. Osiyo chempionatida ishtirok etganlarning keyingi taqdiri maqtanarli emas, demak, yoshlar ligasi va oliy ligaga o'tish davrida biz futbolchilarni yo'qotyapmiz. Agar 1989 va 1991 yillar o'rtasidagi terma jamoalarimizni tahlil qiladigan bo'lsak, yanada achinarli vaziyatga guvoh bo'lamiz.MUAMMONI ECHSA BO'LADIMI?
Nega endi yo'q, ammo echimni berganimiz bilan bu erda gap-gapligicha qolib ketganidan nima foyda? Agar O'FF haqiqatdan ham mazkur loyiha ustida hamkorlik qilish va aniq dastur ishlab chiqishni istasa, biz bilan muloqotga kirishsin, bu gaplarni shunchaki yozmayapman. Ko'plab davlatlarda bo'lib shu narsalarga amin bo'lyapmanki, agar u erdagi ish uslubida faoliyat olib borsak, biz yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi JCHlarda chempion bo'lamiz, MTJ esa doimiy ravishda JCH ishtirokchisiga aylanadi.
Mana endi ayting-chi, bo'lib o'tgan ikkita musobaqadan kelib chiqib natijalarimizga kim aybdor, Mochinovmi yoki Haydarov? Aslida tanganing orqasidagi bo'shliqni ko'rdingiz, muammoni tag-tagidan tuzatishimiz kerak. Mana shundagina o'ylagan maqsadimizga etishishimiz mumkin.
Suratda Dilshod Nuraliev 1986 yilda tavallud topgan shogirdlari bilan. Siz suratda Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Sobir Usmonxo'jaev, Sadriddin Abdullaev, Axror Risqullaev kabi futbolchilarni ko'rishingiz mumkin. Har bir jamoa terma jamoaga bitta shunday o'yinchi etkazib berishi mumkin bo'lgan davrda, biz MTJga 23 nafar futbolchi topa olmay qolamiz. Poydevorni esa aslida tub-tubdan isloh qilishiimz kerak.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar