Ajabo! Pol Pogbaning yomon tilagi o'ziga "40 kunda qaytdimi"?
03 dek 2017 08:47
Yangiliklar
Ajabo! Pol Pogbaning yomon tilagi o'ziga "40 kunda qaytdimi"?
"Yarim himoyachisi" Pol Pogba kecha "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin intervyu berib "Siti" haqida gapirib o'tgandi.
"Ishonamanki "Siti" qachondir mag'lubiyatga uchraydi. Bilaman bunday deyish yaxshi emas, ammo ularning muhim futbolchilari jarohat olishlarini istayman, xuddi shunday vaziyat bizning jamoada ham bo'lmoqda.
O'ylashimcha, futbolchilar jarohat olishsa "Siti" kuchsizlanadi", – degandi 24 yoshli francuz "Arsenal" bilan o'yindan avval.
APL 15-turida MYU Londonda "Arsenal"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Pol Pogba 74-daqiqada raqib oyog'ini bosib o'tib ketgani uchun maydondan chetlatildi va endi "Manchester Siti" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.
O'zbeklarda bitta maqol bor: "Birovga o'lim tilagandan ko'ra, o'zingga umr tila"

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar