So’nggi yangiliklar

11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  8 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  16 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  35 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  96 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  18 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  11 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4

Ahmedovning jamoasi Xitoy chempionatining "finalida" qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

Ahmedovning jamoasi Xitoy chempionatining "finalida" qiyin g'alabaga erishdi

Mehmonlar posboni Yunling Yanning xatolari qimmatga tushar edi, agar "SHanxay SIPG" yana gollar ura olmaganida.

2 ochkolik tafovut bilan turnir jadvali peshqadami bo'lib turgan "SHanxay SIPG", amaldagi chempion "Guanchjou Evergrand" jamoasi mehmoni bo'ldi. Durang natija ham Vitor Pereyra shogirdlarining foydasiga xizmat qiladigan uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 60 000 nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi. Stadiondagi shovqin shu darajada kuchli bo'ldiki, aksar holatlarda hakamning hushtagi eshitilmadi. 

Pereyra bugungi o'yinda Xitoydagi limit tufayli so'nggi o'yinlarda o'z o'rnini Elkesonga bo'shatib berishga "majbur" bo'layotgan Ahmedovga ishonch bildirdi. Sababi bitta, raqib safida yaqindagina Ispaniya chempioni bo'lgan Paulinodek kuchli futbolchisi bor. Aynan Paulino qiyin vaziyatga tushib qolgan jamoasini birinchi bo'lim so'nggida qutqarib qoldi. 2:1 hisobida oldinda borayotgan "SHanxay SPIG"ning darvozabonining ikkita qo'pol xatosi qimmatga tushdi. Avvaliga Alan de Karvalo (43), undan keyin Paulino gol urib tanaffusga chiqishdan oldin hisobni 3:2 ko'rinishga olib keldilar.

Yaqindagina "Barselona"da Messi va Suares kabi futbolchilar bilan birga to'p tepib yurgan futbolchi, bugun hamyurtimizning jamoasi foydasiga penalti ishladi.

Ikkinchi bo'limda shanxayliklar yana hujum taktikasini qo'llay boshladilar. Vu Ley hisobni teglashtirgach, Jang CHeng Lin 79-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim qahramoni Paulino antiqahramonga aylandi. Xavf bartaraf bo'lgandek ko'ringan bir paytda, jarima maydonchasi ichida Xalk qo'pollik bilan to'xtatildi. Hakam o'ylab o'tirmay 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. So'ngi bora "Zenit" safida chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa sardori darvozabonga hech qanday imkoniyat oldirmadi, 3:5.



2007 yilda "Paxtakor" tarkibida mamlakat chempioni bo'lgan Odil Ahmedov oradan 11 yil o'tib yana oltin medalni qo'lga kiritishga juda ham yaqin turibdi.


Xitoy Superligasi mutassaddilari bugungi o'yinning ahamiyatini yaxshi bilganlari uchun ham bosh hakamlikka Germaniya Bundesligasidan Bastian Dankertni taklif etgan edilar. Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 6 daqiqa qo'shib ergan UEFA hakami, 94-daqiqada "Gunchjou Evergrand" foydasiga penalti berdi, 4:5. 


Xitoy Superligasi 2004 yil tuzilgan bo'lib, so'nggi 7ta chempioni aynan "Guanchjou Evergrand" klubi hisoblanar edi. Odil Ahmedov jamoasining eng yaxshi ko'rsatgichi 2-o'rin bo'lib, bu natija 2017 yil qo'lga kiritilgan edi.


Qizillar 29-turda "SHensi CHanba" jamoasini o'z maydonida qabul qiladi. Aynan shu kuni jamoa ochko yo'qotmasa bo'lgani, "SHanxay SPIG" Xitoy Superligasining chempioni unvonini qo'lga kiritadi.


Guangzhou FC

Paulinho - 30', Alan - 43', Paulinho - 45', Alan - 90'

Super League . 28-tur

03/11/2018, 16:35

5
:
4
Tugadi

Shanghai Port

Wenjun Lyu - 14', Huikang Cai - 40', Lei Wu - 50', Chenglin Zhang - 79', Hulk - 89'

Stadion: Tianhe Stadium, 49967 tomoshabin

Bosh hakam: Bastian Dankert

45'
90'
30'  Paulinho
30'  Xuepeng Li
43'  Alan
43'  Hanchao Yu
45'  Chenglin Zhang
45'  Paulinho
48'  Zhi Zheng
62'  Zhi Zheng (Bowen Huang)
76'  Hanchao Yu (Wenzhao Zhang)
85'  Chenglin Zhang (Long Zheng)
89'  Lin Gao
90'  Alan
14'  Wenjun Lyu
32'  Huikang Cai
40'  Huikang Cai
50'  Lei Wu
50'  Hulk
66'  Wei Zhang (Guan He)
79'  Chenglin Zhang
89'  Hulk
90'  Hulk
90'  Odil Akhmedov
90'  Wenjun Lyu (Shenglong Li)

Xitoy Superligasi 28-turdan so'ng


Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика