Ahmedov o'zini yaxshi his qilyapti
31 okt 2013 13:47
Yangiliklar


Ahmedov o'zini yaxshi his qilyapti
"Kuban" bilan o'yinning birinchi bo'limida belidan jarohat olgan hamyurtimiz Odil Ahmedovning holati bilan qiziqayotganlar ko'p bo'lyapti.
"Avvalo menining holatim bilan qiziqayotganlar uchun rahmat. Hozirda o'zimni yaxshi his etyapman. O'yin paytidagi to'qnashuv chog'ida qattiq og'riqni sezdim. Natijada murabbiylar meni almashtirishdi. Endigi o'yinimiz 3 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Bu o'yinga qadar sog'ayib ketishga umid bog'layapman", - deydi futbolchimiz.

Fikrlar