Ahmedov - Galiulin qarama-qarshiligida Vagiz g'olib
14 sen 2014 21:50
Yangiliklar
Ahmedov - Galiulin qarama-qarshiligida Vagiz g'olib
Rossiya chempionatining ushbu turida "o'zbekcha-derbi" guvohiga aylandik. Hamyurtimiz Odil Ahmedov ishtirok etayotgan "Krasnodar" jamoasi o'z maydonida yana bir vatandoshimiz Vagiz Galiulin to'p tepadigan "Ufa" klubini qabul qildi. Odil Ahmedov uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlagan bo'lsa, Vagiz Galiulin ikkinchi bo'limning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga chiqdi.
Uchrashuv taqdirini esa Marsino va Alikin kiritgan gollar hal etdi.
SHunday qilib, Ahmedov va Galiulin to'qnashuvida Vagizning jamoasi g'olib bo'ldi.
Rossiya chempionati, 7-tur.
"Krasnodar" – "Ufa" 0:2
Kuban stadioni.
Gollar: Marsino (7), Alikin (53).
"Krasnodar" – Sinicyn, Grankvist, Sigurdsson, Endjeychik, Gazinskiy, Joaozino, Ahmedov (Laborde, 60), Ari (Vanderson, 60), Pereyra, V.Bystrov (Izmaylov, 52), Burmistrov.
"Ufa" – Yurchenko, Tumasyan, Tishkin, Suxov, Alikin, Zaseev, Paurevich, Marsino, Semakin (Frimpong, 46), Xandjich (Galiulin, 65), Diego Karlos (Safronidi, 74).
Ogohlantirishlar: Tishkin (31), Gazinskiy (60), Frimpong (66), Pereyra (81).
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar