Ahmedov: "Galickiy tufayli CSKAga rad javobini berdim"
28 fev 2015 13:00
Yangiliklar


Ahmedov: "Galickiy tufayli CSKAga rad javobini berdim"
O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov nega o'tgan yozda CSKAga o'tmagani haqida so'zlab berdi.
Eslatib o'tamiz, Ahmedov o'sha vaqtda "Anji" futbolchisi edi.
"Sergey Galickiy tufayli CSKAga o'tmadim. U men uchun ko'p ishni amalga oshirdi. Galickiy meni o'z klubida ko'rmoqchi edi. Men rad eta olmadim"- deydi Ahmedov "Sport-ekspress"ga bergan intervyusida.
Odil Ahmedov bu mavsumda Rossiya chempionatining 13ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Sergey Galickiy "Krasnodar" klubining egasi hisoblanadi.
Odil Ahmedovning "Sport-ekspress"ga bergan to'liq intervyusini birozdan so'ng saytimizda o'qishingiz mumkin.

Fikrlar