Ahmedov: "Asosiysi keyingi bosqichga chiqdik"
29 noy 2013 10:23
Yangiliklar


Ahmedov: "Asosiysi keyingi bosqichga chiqdik"
"Anji" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Evropa ligasi 5-turidan o'rin olgan "SHerif"ga qarshi o'yindan (1:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Tanaffusdan so'ng hisob 1:1 bo'ldi, bu bizni qoniqtirardi, kamroq hujum qildik. Anchadan buyon gol ura olmayotganimiz uchun jamoa ruhan qiynaldi. SHu bois natijani yaxshilash emas uni ushlab qolishga harakat qildik. Asosiysi keyingi bosqichga chiqdi, shu bois durangdan qoniqdik. 1/16 finalda kim bilan o'ynashni farqi yo'q, u erga kuchsiz jamoa chiqmaydi", - deydi Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, kecha hamyurtimiz "Anji"ni sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.
Eslatib o'tamiz, kecha hamyurtimiz "Anji"ni sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.

Fikrlar