“Ahmad Yassaviy” “Nurafshon”ga aylandi va “Qaysar” mag'lubiyatga uchratildi
22 mar 2018 18:00
Yangiliklar
“Ahmad Yassaviy” “Nurafshon”ga aylandi va “Qaysar” mag'lubiyatga uchratildi
PRO-ligada ishtirok etadigan “Ahmad Yassaviy” jamoasining nomi o'zgardi.
Viloyat hokimligining taklifiga ko'ra, klub nomi “Nurafshon”ga aylandi. Xabaringiz bor, Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahri hisoblanadi. Jamoa PRO-ligada “Nurafshon” nomi ostida qatnashadi va viloyat sharafini himoya qiladi. Anig'i shuki, viloyat hokimligi klubni PRO-ligada ishtirok etishi uchun barcha sharoitni yaratib berishga vada bergan, jamoaning yillik smetasi tasdiqlangan.
Jamoa “Nurafshon” nomi ostida ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Qozog'istonning “Qaysar” klubiga qarshi maydonga tushgan Vohid Xolboev shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba nashidasini surdi. Gollarga Pavel Solomin va Farrux SHotursunov mualliflik qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar