So’nggi yangiliklar

11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11

Ahmad Halil: "Nasaf" bilan o'yinda biz g'alabaga munosib o'ynadik" Yangiliklar

Ahmad Halil: "Nasaf" bilan o'yinda biz g'alabaga munosib o'ynadik"

7 aprel kuni "Nasaf" o'z maydonida "Al Ahli"ni qabul qildi va kichik 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuv yakunlangandan so'ng mehmonlar hujumchisi Ahmad Halil misk-zonada jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Ajoyib natijadan hammamiz xursandmiz. Kichik hisobda bo'lsada g'alaba qozonganimiz bizga uch ochko berdi. Juda ham qiziqarli o'yin ko'rdik deb o'ylayman. Biz g'alabaga munosib o'ynadik. "Nasaf" himoyada kuchli o'yin ko'rsatdi. O'z maydoni va muxlislari qarshisida yaxshi o'yin ko'rsatib berdi deb o'ylayman. OCHLda oson o'yin bo'lmaydi. Biz g'alaba uchun keldik va buni uddaladik. O'zbekiston va Qarshiga kutib olishdagi mehmondorchiligi uchun minnatdorchilik bildiraman" , -deydi Ahmad Halil o'yin borasida.

- Osiyo kubogi to'purarlaridan biri Ahmad Halil  ko'plab vaziyatlarni yo'qqa chiqardi?

Yo'qqa chiqardi ? Ha, buni tan olaman. Menda ikki marta juda qulay vaziyat bo'ldi. Mendan shunchaki omad yuz o'girdi. SHunga qaramay vaziyatlarni yaratishda bizni jamoa yaxshiroq o'ynadi. Kichik hisob bo'lsa ham bu baribir g'alaba.

- "Nasaf" ustidan qozonilgan g'alaba "Al Ahli"ni guruhdagi vaziyatini biroz bo'lsada yaxshiladi. Bu borada nima deya olasiz?

Bu o'yindagi mag'lubiyat yoki durang bizni jamoada guruhda qolib ketishimizga sabab bo'lishi mumkin edi. SHu bois faqat uch ochko bizni qoniqtirdi. O'yin boshidan hujumkor o'yin ko'rsatdik. Vaziyatimiz yomon emas lekin hali oldinda ikki tur bor. Bu o'yinlar hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin. "Al Ahli" juda ham qiyin guruhda hozir ikkinchi pog'onada va bu yomon emas.

- Guruhdagi vaziyat haqida nima deya olasiz? "Al Ahli" guruhdan chiqishni uddalay oladimi ?

Biz OCHLda chempion bo'lmoqchimiz. SHu bois qolgan ikki o'yinda g'alaba qozonsak, guruhni peshqadam sifatida tugatishimiz ham mumkin. O'ylaymanki "D" guruhi eng kuchli guruhlarda. Bu guruhdan chiqqan jamoa g'oliblik uchun kurashadi. Ayni vaqtda hamma jamoaning guruhdan chiqish imkoniyati teng. Qattiq ishlashimiz kerak boisi vaziyat juda qiyin.

- Osiyoning eng yaxshi o'yinchilarida biri Ahmad Halil nima uchun Evropada o'ynamaydi ?

(kulib). Hozircha "Al Ahli" bilan shartnomam bor va bu erda barchasi meni qoniqtirmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика