Aguero qiz o'rtog'i bilan birgalikda Mayamida 200 ming evrolik supermashinasini ko'z-ko'z qildi
25 iyu 2019 18:12
Yangiliklar


Aguero qiz o'rtog'i bilan birgalikda Mayamida 200 ming evrolik supermashinasini ko'z-ko'z qildi
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Mayamida dam olmoqda.
Forvard qiz o'rtog'i Sofiya Kalcetti bilan birgalikda shahar markazida ko'k McLaren Spiderda sayr qilishdi.
McLaren Spiderning taxminiy narxi 190-200 ming evroni tashkil etadi. Mashinaning rangi ham klubining, yani "Manchester Siti"ning rangiga mos.
Qayd etish kerakki, juftlik Mayamidagi bir necha obro'li butik hamda restoranlarga tashrif buyurishgan.
Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" yakunlangan mavsum o'zi ishtirok etgan Angliyadagi barcha turnirlarda g'olib bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar