Aguero: “Hammasi yaxshi o'tdi”
24 iyu 2020 19:55
Yangiliklar
Aguero: “Hammasi yaxshi o'tdi”
“Manchester Siti” forvardi Kataloniyada jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
Qayd etilishicha, uning tizza paylari uzilgandi. Aguero APL 30-turi doirasidagi "Byornli"ga qarshi o'yinning birinchi taymidan so'ng jarohat olgan edi.
“Hammasi yaxshi o'tdi va tez kunda tiklanish jarayonlarini boshlayman”, deya yozgan sahifasiga argentinalik.
32 yoshli hujumchi joriy mavsum klub safida 32ta bahsda maydonga tushib, 23+4 natija ko'rsatdi. Uning sog'ayishi uchun qancha vaqt talab etilishi esa oshkor qilinimagan.
Fikrlar