Aguero Gvardiolaning yordamchisiga: “Ular menga oshirmayapti!”
17 mar 2021 19:30
Yangiliklar
Aguero Gvardiolaning yordamchisiga: “Ular menga oshirmayapti!”
“Man Siti” forvardi Serxio Aguero ECHL 1/8 finali doirasida o'tgan “Borussiya M”ga qarshi bahsda jamoadoshlarining harakatidan norozi bo'ldi.
Hujumchi 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 16 daqiqa o'ynadi. Uchrashuv tugashi bilan esa Serxio Pep Gvardiolaning assistentiga: “Ular menga oshirmayapti!”, degan.
Argentinalikning jamoa bilan shartnomasi joriy yil yozida tugaydi va yangi bitim hozircha imzolanmagan. Avvalroq, 32 yoshli futbolchi bilan “Barselona” qiziqayotgani aytilgan edi.
U joriy mavsum APLda 8 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar