Aguero gol urdi, Gvardiola bilan tortishdi, so'ng yarashdi, keyin esa hayron bo'ldi
17 avg 2019 23:55
Yangiliklar


Aguero gol urdi, Gvardiola bilan tortishdi, so'ng yarashdi, keyin esa hayron bo'ldi
Angliya chempionatining 2-tur markaziy bahsida Manchester Siti klubi Tottenxemga qarshi to'qnash kelib, jangovar durang (2:2) o'ynadi.
Bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'ygan «shaharliklar» forvardi Serxio Aguero 66 daqiqada zaxiraga olindi va uning o'rniga Gabriel Jezus tushirildi. Ushbu vaziyatda Aguero jamoa ustozi Pep Gvardiolaning qaroridan noroziligini bildirib, tortishdi.
Keyin esa o'yinning oxirgi daqiqalarida Jezusning golidan so'ng, argentinalik hujumchi Gvardiola bilan yarashib oldi.
Biroq, Jezusning goli VAR orqali qayta ko'rilganidan so'ng, bekor qilindi va bosh hakamning bu qarori «Siti»ning boshqa azolari kabi Agueroni ham hayron qoldirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar