Aguero APLdagi oxirgi o'yinida Runining rekordini yangiladi
23 may 2021 22:36
Yangiliklar
Aguero APLdagi oxirgi o'yinida Runining rekordini yangiladi
Angliya chempionati 38-turida “Manchester Siti” yirik hisob (5:0)da “Everton”ni taslim etdi.
Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Serxio Aguero dublni rasmiylashtirib, APLda bitta klub safida gol urish bo'yicha musobaqa rekordini yangiladi. U “Etihad”dagi so'nggi o'yinida 183 hamda 184 gollarini urdi va MYU sobiq forvardi Ueyn Runini quvib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik “Siti”ni yozda tark etadi. Bungacha esa u ECHL finalida “CHelsi”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Fikrlar