AGMKning yangi azosi - Jasur Yaxshiboevni iliq kutib olishdi
07 avg 2019 20:24
Yangiliklar
AGMKning yangi azosi - Jasur Yaxshiboevni iliq kutib olishdi
AGMK klubi matbuot xizmati jamoaga yangi kelib qo'shilgan Jasur Yaxshiboevni jamoaga tanishtirish marosimi bo'lib o'tgani haqida yozdi.
"Yozgi transfer oynasining so'nggi kunidagi dedlaynning oxirgi daqiqalarida "Paxtakor"dan ijaraga olingan Jasur Yaxshiboev yangi jamoaga qabul qilindi.
Bugun jamoamizning mashg'ulotidan avval AGMK klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar kollektivning yangi azosiga aylangan Jasur Yaxshiboevni iliq kutib olishdi.
Dastlab Jasur Yaxshiboevga klub bosh direktori Muxtor Qurbonov hamda jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klubimiz libosini taqdim etishdi. Keyinchalik esa futbolchilar yo'lakcha tashkil etib, jamoaning yangi azosini futboldagi odatga ko'ra "qaynoq" kutib olishdi.
Jasur Yaxshiboev AGMK safida 97-raqamda o'ynaydi", - klubning telegramdagi rasmiy kanalida.
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
Fikrlar