So’nggi yangiliklar

11:28"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди  1 11:01«Бавария» Флориан Виртц учун қанча пул сарфлашга тайёрлиги маълум  0 10:34Кечаги мағлубиятдан сўнг «Манчестер Сити» қандай антирекордларни ўрнатди?  10 10:05Аморимнинг «қора» рўйхатига тушган футболчилар маълум. МЮ 7 нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  12 09:37Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?   1 09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  1 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  1 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  117 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  3 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31

AGMKning kumush medallariga bo'lgan imkoniyati, “Paxtakor”ning gegemonligiga sabablar va MTJ haqida – Bobur Yuldashev bilan suhbat Yangiliklar

AGMKning kumush medallariga bo'lgan imkoniyati, “Paxtakor”ning gegemonligiga sabablar va MTJ haqida – Bobur Yuldashev bilan suhbat

Teglar :  Bobur YuldashevAGMK
Muxlislarga yaxshi malumki, AGMK jamoasi Mirjalol Qosimov boshqaruviga o'tgach, klub sifatida sezilarli darajada shakllanib ulgurdi.

Tarkibga mahoratli futbolchilar jalb etish orqali, jamoa chempionatda medallar uchun kurashadigan darajaga etib keldi. Ishqibozlar oxirgi yillarda AGMKni “Paxtakor”ga chempionlik uchun jiddiy raqobatchi sifatida ko'rsada, mavsum yakuniga kelib “sherlar” katta farq bilan finishga birinchi bo'lib etib kelmoqda. Bu yil ham AGMK oltin medallar uchun deyarli umidini uzgan. Jamoa endi chempionatda asosiy etiborini ko'proq kumush medallariga qaratadi. Kuni-kecha Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoa Namanganga safar uyushtirib, “Navbahor” bilan nursiz durangq ayd etib, qimmatli ochkolarni boy berdi. Ustiga-ustak kumush medallari uchun AGMKning eng yaqin taqibchisi bo'lib kelayotgan “So'g'diyona” safarda “Surxon”ni mag'lub etib, 2-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi. “Navbahor” – AGMK o'yini yakuniga etgach, biz mehmonlarning tajribali himoyachisi Bobur Yuldashev bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik. 

- Bobur, Namanganda ochko olish hech bir jamoaga oson emas.  Mirjalol Qosimov ham bu fikrni ilgari juda ko'p bor aytib o'tgan. Avvalo,  “Navbahor” bilan o'tgan o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

- O'yin kutilganidek qiziqarli o'tdi. “Navbahor”ga ham bizga ham uch ochko olish juda muhim edi. Buni jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan ham bilib olish qiyin emas. SHuning uchun ham oxirgi soniyagacha maydonda jiddiy kurash kechdi. Yakunda uchrashuv durang bilan yakunlandi.To'g'ri, Namanganda azaldan har bir jamoaga qiyin bo'ladi. Lekin har qanday raqib maydonda g'alaba qozonish niyatida maksimal darajada xarakat qiladi. SHunday ekan AGMK ham maydonga faqat uch ochko olish niyatida chiqqandi.  

- “Paxtakor” bu yilgi chempionlik masalasini deyarli hal qilib bo'ldi. Endi AGMK 2-o'rin uchun kurashadi. Lekin bu borada asosiy taqibchi - “So'g'diyona” 4 ochkolik farq bilan jamoangizdan oldinda bormoqda. AGMKning kumush medallariga bo'lgan imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Hali oldindan o'yinlar bor. Hozirdan bu borada xulosa chiqarishga erta deb o'ylayman. AGMK oxirigacha kurashadi. Kumush medallariga bo'lgan imkoniyatimiz saqlanib qolgan va u o'z qo'limizda. 

- AGMK tarkibi deyarli uch mavsumdan buyon o'zgarmasdan  kelmoqda. Bundan tashqari yuqori saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Lekin shunga qaramay jamoa chempionlik uchun kurashda “Paxtakor”ga jiddiy qarshilik tug'dira olmayapti. Sizningcha bunga nima halaqit qilmoqda?

- Yo'q, men unday deb hisoblamagan bo'lardim. Tarkibda har yili o'zgarishlar bo'lib turibdi. Bu yil ham yangi futbolchilar kelib qo'shilgan. “Paxtakor” esa jamoa sifatida ancha shakllanib ulgurdi. Yaxshi saviyadagi o'yinchilar yig'ilgan. SHunga qaramay AGMK ham “sherlar”ga qarshi munosib raqobatchi bo'lishga xarakat qiladi. 

- AGMKdagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Bu jamoadagi faoliyatimdan to'liq qoniqyapman deya olmayman. CHunki har inson o'z oldiga yuqori marralarni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Bilaman o'zimda qanday imkoniyatlar borligini. Kelgusida yanada yaxshi xarakat qilib, jamoamning yutuqlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. 

- Garchi AGMK turnir jadvalida yuqori o'rinlarda borayotgan bo'lsada,  O'zbekiston milliy terma jamoasiga jamoangizdan Valijon Rahimovdan boshqa o'yinchi chaqirilmayapti.  Boz ustiga futbol jamoatchiligi tomonidan bugungi kunda MTJda markaziy himoyada muammolar borligi aytilmoqda. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- MTJda yangi xorijlik murabbiy ish boshladi. O'ylaymanki Srechko Katanecda har bir nomzodning imkoniyatlarini ko'zdan kechirishiga vaqti bo'ladi. Albatta milliy terma jamoaga har bir futbolchi chaqiruv olishni xohlaydi. Jamoadagi mazmunli o'yinlar orqali men ham vatanimiz bosh jamoasidan taklif olish uchun astoydil xarakat qilaman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика