Bobur Yuldashev: “Shu darajaga chiqishimda Vadim Abramovning xizmatlari katta”

Narzulla Saydullayev
20 okt 2019, 15:05
“Bunyodkor” va AGMK jamoalari ishtrokidagi o'yinda stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar ikkita bir-biridan ajoyib gollarni tomosha qilishga muyassar bo'lishdi.

Mazkur bahsdan so'ng, darvozaga kiritilgan ikkinchi gol muallifi Bobur Yuldashevni suhbatga chorladik.

- “Bunyodkor” bilan kechgan uchrashuv haqida fikr mulohazalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Poytaxt jamoasi bilan o'yin oson kechmasligini oldindan bilardik. Tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'lgandi. Birinchi bo'limda urgan gollarimiz bizga ustunlik va biroz xotirjamlik berdi. Baribir yakunda o'zimiz uchun kerakli natijaga erishdik.

- AGMK umumiy hisobda uchinchi marotaba “qaldirg'ochlar” dan uch ochko tortib olishni uddasidan chiqdi...Nima deb o'ylaysiz raqib sizlarga etarlicha qarshilik ko'rsatdimi?
- Bu – futbol! Unda kimdir yutadi yoki yutqazadi. Ular ikkinchi bo'limda, hisobdagi farqni tenglashtirish uchun katta kuch bilan oldinga o'tishdi.



- Umuman poytaxt jamoalari bilan kechadigan uchrashuvlarning qiziqarli tus olishini boisi nimada?
- Kuchli klublarga qarshi o'yinlar nimasi bilan qiziq? Menimcha ularga qarshi o'yinga hozirlik ham jiddiy bo'ladi. Shuningdek poytaxt klublari hujumkor va ochiq futbol taklif qilishadi.

- Vadim Abramov bilan avval ham birga ishlagansiz. Uning uslubi va qarashlaridan xabardorsiz. Sizningcha uning jamoasiga nima yetishmayapti?
- Meni shu darajaga chiqishimda Vadim Karlenovichning xizmatlari katta. Balki terma jamoaga murabbiy etib tayinlagani jamoaga ta’sir qilayotgan bo'lishi mumkin. Yana bilmadim.


Abdulaziz suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia