AGMKning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
09 mar 2020 14:41
Yangiliklar


AGMKning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Xojimat Erkinov AGMKning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
AGMK matbuot xizmati tomonidan ovozga qo'yilgan so'rovnomaga ko'ra, jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi kimligi aniqlandi.
So'rovnomada jami 649 nafar ishqiboz qatnashdi. Eng ko'p ovoz (52%) olgan futbolchi Xojimat Erkinov bo'ldi. Undan keyingi eng ko'p ovozni (30%) gruziyalik hujumchi Mate Vatsadze qo'lga kiritdi. Keyingi o'rinlarni mos ravishda Elguja Grigalashvili (13%) hamda SHahzod Nurmatov (5%) olishdi.
SHu tariqa 1 gol hamda 3ta golda samarali harakatni amalga oshirgan Xojimat Erkinov fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar