AGMKni Superligada olib qolgan futbolchiga Qatar va Qozog'istondan taklif bor
06 dek 2018 15:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466002_original.jpg)
![](/upload/storage/466002_220.jpg)
AGMKni Superligada olib qolgan futbolchiga Qatar va Qozog'istondan taklif bor
AGMKning beloruslik legioneri himoyachi Vladislav Kasminin kelasi mavsumni boshqa chempionatda boshlashi mumkin.
AGMK himoyachisining klub bilan tuzgan shartnomasi yil yakunida tugaydi. AGMK va futbolchi katta ehtimol bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirmasligi mumkin. Kasmininga ayni paytda boshqa chempionat vakillaridan takliflar kelib tushgan. Xususan Qozog'iston va Qatar klublaridan Kasmininga qiziqish mavjud.
Bu malumotni futbolchining o'zi tasdiqladi. AGMKni Superligaga o'tish o'yini doirasidagi "Istiqlol"ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida g'alaba to'pini kiritib, jamoasini elitada olib qolgan Kasminin olmaliqliklar safini tark etish arafasida.
Kasmininga Qozog'istonning "Ordabasi" klubidan jiddiy qiziqish mavjud. Futbolchi katta ehtimol kelasi mavsumni Qozog'iston klubida boshlashi mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar