

AGMK himoyachisining klub bilan tuzgan shartnomasi yil yakunida tugaydi. AGMK va futbolchi katta ehtimol bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirmasligi mumkin. Kasmininga ayni paytda boshqa chempionat vakillaridan takliflar kelib tushgan. Xususan Qozog'iston va Qatar klublaridan Kasmininga qiziqish mavjud.
Bu ma'lumotni futbolchining o'zi tasdiqladi. AGMKni Superligaga o'tish o'yini doirasidagi "Istiqlol"ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida g'alaba to'pini kiritib, jamoasini elitada olib qolgan Kasminin olmaliqliklar safini tark etish arafasida.
Kasmininga Qozog'istonning "Ordabasi" klubidan jiddiy qiziqish mavjud. Futbolchi katta ehtimol kelasi mavsumni Qozog'iston klubida boshlashi mumkin.



