So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  32 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

AGMKni OCHLga olib chiqqan Yovan Jokich: "O'yin davomida butun O'zbekiston xalqi bizdan g'alaba kutayotganini sezib turdik" Yangiliklar

AGMKni OCHLga olib chiqqan Yovan Jokich: "O'yin davomida butun O'zbekiston xalqi bizdan g'alaba kutayotganini sezib turdik"

Teglar :  Yovan JokichAGMK
Olmaliqning AGMK jamoasi safarda Qatarning "Al Garafa" klubini mag'lub etib (1:0), OCHL guruh bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning g'alaba to'pini kiritgan Yovan Jokichga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Yovan avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz. AGMK  xarakter ko'rsata olgan "Al Garafa" bilan bahs qanday o'tdi?

- Uchrashuv boshidan hakam xushtagi yangraguniga qadar diqqatni yo'qotmadik. O'z imkoniyatimiz yuzaga kelishini kutdik va undan foydalandik. O'yinni ekstra taymgacha qoldirmasligimiz kerak edi. Nima bo'lganda ham muhimi ortga g'alaba bilan qaytadigan bo'ldik. 

- Qatardagi ob-havo ham futbolchilarning erkin harakat qilishiga to'sqinlik qildimi?

- Ha, qiyin o'yin o'tkazdik. Aytganingizdek havo ham qaysidir manoda qiyinchilik tug'dirdi. Asosiysi ijobiy natija qayd etishni uddasidan chiqdik. Barcha o'zbekistonlik muxlislar bizdan g'alaba kutishayotganini his qildik.

- O'yin taqdirini hal qilgan gol 120-daqiqada urildi. SHunday bo'lsada penaltilar seriyasiga jamoa tayyor edimi?

Biz barcha narsaga tayyor edik. Futbolda oldindan biror narsa, deb bo'lmaydi. Bunda jismoniy holatimizning yaxshiligi ham katta yordam berdi, deya olaman. 

- Qiziq fakt. Sizning urgan AGMK libosida raqib darvozasiga urgan gollaringiz tarixiy natija keltirgan. Birinchisi 2018 yil O'zbekiston kubogi finalida, ikkinchisi esa kecha "Al Garafa" bilan bahsda bo'ldi...

- Bu gollar faqat men uchun emas, jamoa uchun katta muvaffaqiyat keltirgan.  Jamoamizdagi har bir futbolchi tarix yaratilishiga o'zining hissasini qo'shdi. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика