AGMK yana bir o'yinchi bilan shartnomani uzaytirdi
05 jan 2022 16:39
Yangiliklar
AGMK yana bir o'yinchi bilan shartnomani uzaytirdi
AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan selekciya ishlarini olib bormoqda.
SHuningdek, klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o'rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.
2019 yili jamoaga qo'shilgan markaziy himoyachi Sardor Rahmonov bilan klub shartnomani uzaytirdi. Bitim 2 yilga mo'ljallangan. Sardor Rahmonov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, olmaliqliklar avvalroq Botirali Ergashev, Dilshod Ahmadaliev, Mirg'iyos Sulaymonov kabi o'yinchilar bilan ham kelishuvni uzaytirgan edi.
Fikrlar