So’nggi yangiliklar

21:25АПЛ. "Манчестер Сити" - "Ливерпуль" 0:0 (матнли трансляция)  83 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  2 20:48"Бавария" — "Айнтрахт". Таркиблар маълум  0 20:32"Бани Яс" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  4 19:17U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси пенальтилар сериясида Ўзбекистонни мағлуб этиб, ярим финал ва жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  414 19:15"Реал" — "Жирона". Мадриддаги ўйин учун таркиблар маълум  56 18:31А Серия. "Наполи" меҳмонда "Комо"га мағлуб бўлди ва биринчи ўринга қайтиш имкониятидан фойдалана олмади  6 18:25Рафаэл Леау Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 17:58"Арсенал" Мойзе Кинни 52 млн еврога харид қилиши мумкин  2 17:21АПЛнинг икки гранди де Йонгнинг трансфери бўйича "Барселона" билан боғланди  3 16:55Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Молдова жамоасини мағлуб этди  5 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  13

AGMK Turkiya yig'ini doirasidagi so'nggi o'yinda g'alabaga erishdi Yangiliklar

AGMK Turkiya yig'ini doirasidagi so'nggi o'yinda g'alabaga erishdi

Teglar :  AGMKJetisu
Yangi mavsum taraddudining hal qiluvchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazgan AGMK ikki haftalik qizg'in jarayonni yuqori notada tugatdi.

Yig'in doirasidagi yakuniy o'yin Qozog'istonning o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra 6-o'rin sohibi "Jetisu" jamoasiga qarshi kechdi.

O'yinda yaqqol ustunlik qilgan AGMK har ikkala taymni hujumkor ruhda o'tkazdi. Raqib esa doimiy himoyalanish bilan band bo'lib, faqatgina qarshi hujum yoki standart vaziyatlari orqali darvozaga xavf solishga urindi. Ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan Zafar Polvonov qanotdan uzatilgan to'pni chalqancha uslubda ajoyib zarba yo'llagan holda darvozaning yuqori qismiga joylab qo'ydi. So'ngra Sanjar Tursunov tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasidan keyin Jasur Umarov o'yindagi hisobni yanada oshirib, uchrashuv taqdirini hal etdi.

SHu tariqa AGMK yig'in doirasida o'tkazilgan 5 o'yindan uchtasida g'alaba ("Telavi" 3:2, "Atirau" 2:0, "Jetisu" 2:0) qozondi va 1 mag'lubiyat ("Torpedo Belaz" 1:2) hamda 1 durang ("Torpedo Belaz" 2:2) qayd etdi.

AGMK jamoasi ertaga Antaliya-Toshkent yo'nalishi bo'ylab charter reys orqali yurtimizga qaytab ketadi.


Nazorat uchrashuvi.
AGMK - "Jetisu" (Qozog'iston) 2:0
Gollar
: Polvonov (67), Umarov (76)
"Miracle Football centre" stadioni.
AGMK —
Botirali Ergashev - Dilshod Ahmadaliev, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Murod Toshmatov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Sanjar SHoahmedov - Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan, Elvin Fortes.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Umarov, Mirg'iyos Sulaymonov, SHeroz Jalolov, Vladimir Kozak, Dilshod Jo'raev, SHohruh Gadoev, Zafar Polvonov.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика