So’nggi yangiliklar

11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  0 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  7 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  1 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  5 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  3 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  13 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  11 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  18 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  29 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  20 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  249 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  10

AGMK Turkiyadagi ilk o'yinida Gruziya jamoasini mag'lub qildi Yangiliklar

AGMK Turkiyadagi ilk o'yinida Gruziya jamoasini mag'lub qildi

Teglar :  AGMKTelavi
Bu haqda olmaliqliklar matbuot xizmati malumot bermoqda.

"Yangi mavsumga Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini orqali jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz bugun ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Gruziyaning o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra 6-o'rindagi "Telavi" jamoasi raqib bo'lgan o'yin qiziqarli va keskin kurashlarga hamda gollarga boy o'tdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Sardor Rahmonov Sanjar Tursunovning burchau zarbasidan oshirgan to'pini golga aylantirdi. Ikkinchi bo'lim avvalida raqib futbolchisi oradagi farqni yo'qqa chiqarib, o'yinda hisobni tenglashtirdi. Oradan ko'p o'tmasdan chap qanotdan tashkil etilgan hujumni Murod Toshmatov aniq zarbasi orqali samarali yakunlab, jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida "Telavi" jamoasi yana uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv tugashiga yaqin belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirgan Mirjamol Qosimov ajoyib zarbasi orqali g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. SHu tariqa Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi birinchi nazorat bellashuvida chiroyli o'yin ko'rsatgan holda ajoyib g'alabani nishonladi", — deyiladi xabarda.

Nazorat o'yini.

14.02.2021.

AGMK - "Telavi" (Gruziya) 3:2

Antaliya, "Eko Dizayn sport kompleks".

Gollar: Sardor Rahmonov (37), Murodjon Toshmatov (55), Mirjamol Qosimov (87)

AGMK — Valijon Rahimov - Mirg'iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov - Dilshod Jo'raev, Jasur Umarov, Sanjar SHoahmedov - Sanjar Tursunov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: SHeroz Jalolov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Aleksandr Kasyan, Sarvar Ablaev, Kamron Abdulhamidov.

O'yindagi xavfli vaziyatlar aks etgan videolavhani tomosha qiling


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика