So’nggi yangiliklar

10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ёрқ эттиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  3 10:10Манба: "Барселона" Маркус Рэшфордни "Манчестер Юнайтед"дан тўлиқ сотиб олади  0 09:40Хави: "Барселона"га керак бўлган янги футболчи — Холанд  2 09:10Гана терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди  2 08:40Уругвай билан охирги тўқнашувда таркибимизда кимлар ўйнаган?  5 08:20Юрген Клопп Германия терма жамоаси ва мураббийининг ишига баҳо берди  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон терма жамоаси бугун Уругвай билан ўйнайди  12 07:35Назорат учрашуви. "Бунёдкор" ва ОКМК баҳсида ғолиб аниқланмади  0 02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:18ЖЧ. Нидерландия, Кипр, Хорватия йирик натижага эришди ва бошқа натижалар  0 02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  3 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  4 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  3 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0

AGMK "So'g'diyona"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda Yangiliklar

AGMK "So'g'diyona"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

Olmaliqning AGMK klubi bugun Jizzaxga etib keldi va "So'g'diyona"ga qarshi o'yin oldidan "Markaziy" stadionda o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.

Quyida AGMK jamoasining o'yinoldi rasmiy mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qiling.


Ertaga Superliga doirasidagi 2-tur o'yinida o'zaro to'qnash keladigan "So'g'diyona" va AGMK jamoalarining qarama-qarshilikdagi 23-uchrashuvga aylanadi.

So'g'diyona

Elyor Orifov - 54'

Superliga. 2-tur

07/03/2020, 18:15

1
:
1
Tugadi

OKMK

Igor Zonich - 85'

45'
90'
54'  Elyor Orifov
61'  ZHavohir Qahramonov (Bahodir Nasimov)
72'  Milan Mitrovich
73'  Sanjar Rashidov (Elivelto Ribeyro)
90'  Jamshid Boltaboev (Ivan Nagayev)
18'  Dilshod Jo’rayev
25'  Yovan ZHokich
31'  Mate Vatsadze (Zafar Polvonov)
44'  Boburbek Yuldashev
59'  Bahrom Abdurahimov (Shahzodbek Nurmatov)
68'  Yovan ZHokich
73'  Arslanmirat Amanov (Xojimat Erkinov)
85'  Igor Zonich
85'  Xojimat Erkinov
85'  Igor Zonich

O'tkazilgan 22 o'yinda tarozi pallasi birozgina "So'g'diyona" foydasida. Jizzax jamoasi 9 g'alabaga ega bo'lsa, AGMK 8 marotaba yutuqqa erishgan. Qolgan 5 bellashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan. Birgina g'alaba AGMKga mazkur to'qnashuvdagi muvozanatni tiklashga yordam bersa, "So'g'diyona" uchun ustunlikni mustahkamlaydi. O'zaro o'yinlarda g'alabalar soni bo'yicha "So'g'diyona" ustun bo'lsada, kiritilgan gollar borasida jizzaxliklar maqtana olishmaydi. To'plar nisbati: 35-31, AGMK foydasiga.


Qayd etish kerakki, mazkur jamoalarning o'rinbosarlar jamoalari o'rtasidagi bellashuvda mezbonlar vakillari yirik hisobda (3:0) g'alaba qozonishdi. SHuningdek, U18 Respublika Birinchiligi doirasidagi bahsda Jizzax va Olmaliq jamoalari tengqurlari o'zaro durang (2:2) natijasiga rozi bo'lishdi.




U-18 Birinchiligi, 2-tur.

5 mart, payshanba.

"So'g'diyona" (U18) - AGMK (U18) 2:2

Hakamlar: Muzaffar Fayzullaev, SHohruh Qayumov, Xayrulla Normatov, Behruz Berdibekov.

Gollar: Javohir Mirzaulbekov, Jamoliddin Ismatullaev - Husan Mirusubov, Mirjalol Mirg'aniev


Yoshlar Birinchiligi, 2-tur.

6 mart, juma.

“So'g'diyona” (U21) - AGMK (U21) 3:0

Jizzah, “So'g'diyona” qarorgohidagi maydon.

Bosh hakam: Doston Rahmonov.

Gollar: Sahob Rashidov (31, 36), Daniel Nasriddinov (61)


AGMK klubi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, jamoaning mazkur o'yindagi qaydnomasi quyidagicha ko'rinish olgan:

Darvozabonlar:

12.Roman Abdulov

32.Suhrob Sultonov

Himoyachilar:

2.Akmal SHorahmedov

3.Sardor Rahmonov

20.Mirg'iyos Sulaymonov

31.Saydullo Rahmatov 

44.Bobur Yo'ldoshev

88.Igor Zonich

Yarim himoyachilar:

4.Mirjamol Qosimov

5.Dilshod Jo'raev

6.Erkin Baydullaev

8.Xojimat Erkinov

11.Murod Toshmatov

17.Sanjar Tursunov

18.Bahrom Abdurahimov

23.Yovan Jokich

77.Arslonmirat Amanov

Hujumchilar:

9.Zafar Polvonov

10.SHahzod Nurmatov

21.Mate Vatsadze

AGMKning "So'g'diyona" bilan bo'ladigan bahs uchun elon qilgan qaydnomasida Elguja Grigalashvili yo'q. Malum bo'lishicha, gruziyalik futbolchi shamollab qolgani bois ertangi "So'g'diyona" bilan bo'ladigan bellashuvni o'tkazib yuboradi.


Fakt: AGMK Jizzaxda o'tkazilgan 11 o'yindan atigi bittasida, 2018 yilgi mavsumdagi o'yinda g'alaba qozongan xolos. Qolgan 10 uchrashuvning 7tasida "So'g'diyona" g'alaba qozongan va 3 bahsda durang qayd etilgan.


AGMK matbuot xizmati tomonidan jamoa muxlislari uchun tayyorlangan Mart oyi taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика