So’nggi yangiliklar

13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  172

AGMK nazorat o'yinida yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

AGMK nazorat o'yinida yirik g'alabaga erishdi

Teglar :  RubinAGMK
Yangi mavsumga tayyorgarlik qismining yakuniy bosqichini davom ettirayotgan AGMK jamoasi yig'in doirasida bugun Pro-liga vakili "Rubin"ga qarshi nazorat bahsi o'tkazdi.

Nazorat o'yini

20 fevral, payshanba

AGMK - "Rubin" 4:0

Gollar: Vatsadze (15, assist: Jokich), Yo'ldoshev (63, assist: Qosimov), Erkinov (75), Qosimov (86-penaltidan)


AGMK (4-2-3-1) — Suhrob Sultonov - Akmal SHorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullaev, Yovan Jokich - Arslonmirat Amanov, Bahrom Abdurahimov, Elguja Grigalashvili - Mate Vatsadze.


Ikkinchi bo'limdagi o'ynagan tarkib (4-3-3) — Roman Abdulov - Mirg'iyos Sulaymonov, Dilshod Jo'raev, Bobur Yo'ldoshev, SHeroz Jalolov - Saydullo Toshpo'latov, Mirjamol Qosimov, SHahzod Nurmatov - Murod Toshmatov, Zafar Polvonov, Xojimat Erkinov.

Mazkur o'yinda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi har ikkala taymda ikki xil tarkibni tushirib, deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.

Jasur Umarov va Sanjar Tursunov bu galgi o'yinni mikro jarohat tufayli o'tkazib yuborishdi. Uchrashuvni katta ustunlikda o'tkazgan olmaliqliklar birinchi bo'limda ko'plab xavfli vaziyatlar sodir etishdi. SHularning biri o'yinning 15-daqiqasiga to'g'ri keldi va Jokichning uzatmasidan so'ng qulay vaziyatga chiqib borgan Mate Vatsadze aniq zarba orqali bahsda hisobni ochdi - 1:0.

Qolgan vaziyatlarda "Rubin" posboni o'z jamoasini qator gollardan qutqarib qolishga muvaffaq bo'ldi va jamoalar 1:0 hisobidagi natija bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Tanaffusdan keyin, aniqrog'i o'yinning 63-daqiqasida Mirjamol Qosimovning burchak zarbasidagi uzatmasini Bobur Yo'ldoshev boshi bilan golga aylantirdi - 2:0.

Hujumlar yomg'irini yog'dirgan olmaliqliklarning 75-daqiqadagi urinishi ham samara keltirdi. Hujumda faollik ko'rsatgan vingeri Xojimat Erkinov himoyachilardan qochib ketib, uchrashuvdagi hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 3:0.

Bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotgan Xojimat Erkinovni raqib himoyachisi chalib yiqitdi va hakam 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini esa Mirjamol Qosimov aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:0.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика