So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

AGMK nazorat o'yinida g'alaba qozondi, Mate Vatsadze xet-trik qayd etdi Yangiliklar

AGMK nazorat o'yinida g'alaba qozondi, Mate Vatsadze xet-trik qayd etdi

Teglar :  AGMK
Superliga restartiga taraddud ko'rayotgan AGMK jismoniy holatini maromga keltirish barobarida o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun bugun Pro-liga ishtirokchisi "Rubin"ga qarshi nazorat bellashuvida maydonga tushdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda jami 9ta gol, bir chetlatish va ikkita penalti bo'ldi. Etiborlisi, har ikkala penalti jamoamiz darvozasi tomon belgilandi va chetlatish ham aynan AGMK himoyachisi Bobur Yo'ldoshev bilan ruy berdi.

Dastlabki bo'limda jamoamiz raqib darvozasiga uchta gol urgan bo'lsa, tanaffusdan keyin yana 4 marotaba darvoza to'riga to'p kiritildi. "Rubin" esa bir marotaba penaltidan gol urgan, ikkinchisi o'yin payti ruy berdi. Birinchi taymda darvozamizni qo'riqlagan Roman Abdulov penaltini qaytargan bo'lsa, ikkinchi bo'limda raqib jamoa Valijon Rahimov qo'riqlagan darvozani "nuqta"dan ishg'ol etdi.

Jamoamiz gollariga to'rt nafar futbolchi mualliflik qildi. Mate Vatsadze xet-trik qayd etgan bo'lsa, SHahzod Nurmatov dublga erishdi, yana bittadan golga Arslonmirat Amanov va Erkin Baydullaev mualliflik qilishdi.

Nazorat o'yini.

5 iyun, juma.

AGMK - "Rubin" 7:2

Gollar: Mate Vatsadze (3ta), SHahzod Nurmatov (2ta), Arslonmirat Amanov, Erkin Baydullaev.

AGMK - Roman Abdulov - Mirg'iyos Sulaymonov, Dilshod Jo'raev, Bobur Yo'ldoshev, SHeroz Jalolov - Erkin Baydullaev, Jasur Umarov, SHahzod Nurmatov - Arslonmirat Amanov, Mate Vatsadze, Hojimat Erkinov.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Valijon Rahimov, Saydullo Toshpo'latov.

CHetlatish: Bobur Yo'ldoshev. 


AGMK ertaga ham nazorat o'yinida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика