So’nggi yangiliklar

09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  3 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  4 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  12 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  2 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   11

AGMK matbuot xizmati: Olmaliqda "Andijon" bilan jangovor durang Yangiliklar

AGMK matbuot xizmati: Olmaliqda "Andijon" bilan jangovor durang

AGMK matbuot xizmati Superliganing 15-turi doirasidagi "Andijon"ga qarshi Olmaliqdagi bellashuvga sharh yozdi.

Mazkur uchrashuvda AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov diskvalifikaciya qilingani tufayli jamoani yordamchi murabbiy Aleksandr Volkov boshqarib tushdi. 

Turnir jadvalida yonma-yon qo'shni sifatida ketayotgan jamoalar o'rtasidagi bellashuvning dastlabki bo'limida o'yin tempi nisbatan past bo'ldi. Ammo tanaffusdan keyin muxlislar boshqa futbol guvohiga aylanishdi. Birinchi bo'limda katta tashabbus bilan harakat qilgan jamoamiz maydondagi ustunlikni hisobda aks ettira olmadi. Tanaffusdan keyin esa mehmonlar ancha faollashishdi va tashkil etilgan hujumlarni samaralari yakunlashga muvaffaq bo'lishdi.

Saydullo Rahmatov va Suhrob Sultonovning o'zaro tushunmovchiligi va himoyachi tomonidan darvozabonga noqulay uzatilgan to'p natijasida vujudga kelgan burchak zarbasidan mehmonlar naf chiqarishdi. Aynan burchak to'pi o'ynalganidan so'ng zaxiradan o'yinga qo'shilgan Qahramon Bahodirov 51-daqiqada hisobni ochuvchi aniq zarba muallifiga aylandi - 0:1.

So'ngra AGMK bor etiborini hujumga qaratishi natijasida "Andijon"ning oldingi chiziqdagi yana bir hujumi samarali chiqdi. Bellashuvning 65-daqiqasida SHahzod Ubaydullaev jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, erlatib oxista yo'naltirilgan zarba evaziga hisobdagi farqni ikkitaga etkazdi - 0:2.

SHundan so'ng AGMK jamoasi tom manoda uyg'ondi va hujumdagi harakatlarni yanada tezlatdi. Bu esa o'z samarasini bermasdan qolmadi va maydon markazida Hakimov - Polvonov tandemi boshlagan hujumni jamoamiz to'purari Zafar Polvonov o'zining aniq zarbasi orqali muvaffaqiyatli yaunladi - 1:2.

Uchrashuvning 75-daqiqasida Ro'zimboy Ahmedov darvoza tomon yo'naltirilgan zarbani qo'llari bilan bartaraf etib qoldi. Bu vaziyatda raqib futbolchisining qo'llari notabiiy holatda edi. Biroq to'pni qo'l bilan o'ynagan futbolchining mazkur harakati qoida buzilishi deya topilmadi. Natijada hisobni tenglashtirish uchun yanada katta kuch bilan oldinga o'tgan jamoamizning 79-daqiqada tashkil etgan hujumi raqib jarima maydonchasi ichida qoidabuzarlik bilan to'xtatildi. Bu vaziyatda SHerzod Qosimov Jalil Kimsanov tomonidan Polvonovni qo'l bilan ushlab qolinganini ko'rdi va ikkilanmasdan 11-metrlik "nuqta"ni ko'rsatdi. Penaltidan esa jamoamizning gruziyalik yangi azosi Elguja Grigalashvili unumli foydalandi va uchrashuvda muvozanatni tikladi - 2:2.

Ikkinchi taymda ikkita to'p farqi bilan ortda qolgan jamoamiz yakunda xarakter ko'rsatib, o'z irodalarini namoyish etishdi va mag'lubiyatni durangga aylantirishni uddalashdi. Hisob tenglashgach g'alaba to'pini urishga ham yaqin kelgan jamoamizning uyushtirgan hujumlarining yakuniy nuqtasiga kelganda aniqlik etishmadi.

Qayd etish kerakki, AGMK safida nomini tabloga yozib qo'ygan Zafar Polvonovning mazkur goli joriy mavsum chempionatdagi 10-to'piga aylandi. Barcha musobaqalardagi esa joriy mavsum hisobidagi 13-gol sifatida qayd etildi. SHuningdek, jamoaga yangi kelgan Elguja Grigalashvili ham AGMKdagi gollari sonini ochib oldi. 

SHu tariqa jangovor, kurash va ehtiroslarga boy o'tgan to'qnashuvda durang natijasi qayd etildi. Turnir jadvalida esa jamoamiz 15-turdan so'ng 13 ochko bilan 11-pog'onani band etib turibdi.


AGMK - "Andijon" uchrashuvining tanaffus vaqtida olmaliqliklar klubi tomonidan o'tkazilgan lotereya o'yinida bir muxlisga omad kulib boqdi va unga sovg'aga qo'yilgan 1 komplekt avtomobil g'ildiraklari taqdim etildi.


Superliga, 15-tur.

31 iyul, chorshanba.

AGMK - "Andijon" 2:2 

Olmaliq shahri, OKMK "Markaziy" stadioni. 1348 tomoshabin.

Hakamlar: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Ahmad Ergashev.

Gollar: Zafar Polvonov (71), Grigalashvili (81-penalti) - Qahramon Bahodirov (51), Ubaydullaev (65)

AGMK - 32.Suhrob Sultonov - 31.Saydullo Rahmatov (15.Jasur Hakimov, 57), 77.Vlasdislav Kasminin, 44.Bobur Yuldoshev, 23.Akmal SHorahmedov - 3.Erkin Baydullaev, 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 46), 5.Dilshod Jo'raev (17.Murod Toshmatov, 46) - 7.Elguja Grigalashvili, 9.Zafar Polvonov, 8.Sanat SHixov.

Zaxira: 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.G'ulomHaydar G'ulomov, 33.Sardor Rahmonov, 57.Farhod Imomov, 88.Igor Zonich.

"Andijon" — 1.Ruslan Matniyozov, 2.Jalil Kimsanov, 21.Ildar Mamatkazin (sardor), 26.Aleksich Radosav, 88.Abror Husinov, 8.Farhod Bekmurodov, 18.Dilshod Rahmatlullaev, 19.Sardorbek Azimov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (25.Qahramon Bahodirov, 50, 7.Oybek Qilichev, 67), 10.SHahzodbek Ubaydullaev (5.Robbim Hasanov, 74), 22.Ro'zimboy Ahmedov.

Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 6.Ibrohim Otaxonov, 27.Usmonali Usmonaliev, 28.Baxtiyorjon Qosimov, 34.Xushnud Avilov, 17.Abdulloh Olimov.

Ogohlantirish: Jalil Kimsanov (80)

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика