So’nggi yangiliklar

17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  12 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  12 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  5 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0

AGMK - "Mashal": Prevyu Yangiliklar

AGMK - "Mashal": Prevyu

Teglar :  MashalAGMK
O'zbekiston Kubogi nimchorak finalidagi AGMK raqibi "Mashal" bilan bo'ladigan mazkur o'yin ushbu qarama-qarshilik tarixidagi 20-uchrashuvga aylanadi.

AGMK va "Mashal" jamoalari bunga qadar 18 bor chempionatda va 1 marotaba kubok bahsida o'zaro to'qnash kelishgan. Mazkur qarama-qarshilikda ustunlik "Mashal" tarafida. O'tkazilgan 19 uchrashuvda AGMK 6 g'alabaga erishgan, 4 marotaba durang qayd etilgan va 9 bor mag'lubiyatga uchragan. To'plar nisbati ham "Mashal" foydasida: 20-23.

Qizig'i, O'zbekiston Kubogi doirasida "Mashal" bilan bir marotaba duch kelgan. O'tgan yilgi chorak final bellashuvida "Mashal" Olmaliqda taslim etilgan va AGMK yarim final chiptasiga egalik qilgandi. Ketma-ket ikkinchi yildirdi kubok doirasida olmaliqliklar "Mashal" bilan duch kelmoqda.

Ayni paytda kubokdagi raqib "Mashal" Pro-ligada 13-turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda "Istiqlol" bilan peshqadamlikni bo'lishib turibdi. Muborakliklarni o'tmishda mohir futbolchi, himoya chizig'i vakili bo'lgan Asror Aliqulov boshqarmoqda. Aleksandr Xomyakov jamoadan ketgach bosh rulga Asror Aliqulov qo'yildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yildan boshlab O'zbekiston Kubogi musobaqasi yangi formatda, yani barcha to'qnashuvlar bir o'yindan iborat holda o'tkazilmoqda. Har bir bosqichga esa alohida qura tashlanib, mezbon jamoa ham aynan ko'r-ko'rona o'tkaziladigan qurada aniqlanmoqda. AGMK o'tgan yili yangi formatda o'tkazilishi boshlangan mazkur musobaqa g'olibiga aylangandi. AGMK o'tgan mavsum O'zbekiston Kubogi doirasidagi barcha o'yinlarda g'alabani tantana qildi. Joriy mavsum ham AGMK Liga Kubogida zafarli yurishlarini davom ettirmoqda. O'zbekiston Kubogi g'olibi sifatida esa biz joriy mavsumdagi musobaqaga nimchorak finaldan qo'shildik. "Mashal" esa o'tgan raunddan boshlab ishga kirishgan. Ular Qashqadaryo derbisida "SHo'rtan" (5:3) ustidan qozonilgan g'alaba evaziga nimchorak final masalasini hal etishgan.

O'zbekiston Kubogi.
3 avgust, shanba.
AGMK - "Mashal" (20:00)

Olmaliq shahri, OKMK "Markaziy" stadioni.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика