So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

AGMK "Lokomotiv" futbolchisini transfer qildi Yangiliklar

AGMK "Lokomotiv" futbolchisini transfer qildi

AGMK klubi matbuot xizmati jamoaning 2020 yildagi ikkinchi transferini elon qildi.

Klub ikki yil avvalgi mavsumda AGMKda o'ynagan sobiq legioner futbolchisi — Yovan Jokichni ortga qaytardi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra shunday yoziladi:

Uyingga xush kelibsan, Yovan!

Olmaliqning AGMK jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida selekciya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda.

Yangi mavsum oldidan tarkibni yanada kuchaytirish va shakllantirish maqsadida AGMK klubi rahbariyati 2020 yildagi ikkinchi transferni amalga oshirdi.

Tarkibni boyitgan legioner futbolchi AGMK jamoasi muxlislari va Olmaliq shahri uchun begona bo'lmagan Yovan Jokich. 2018 yilgi futbol mavsumida jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan, markaziy yarim himoya chizig'ida o'ynaydigan Jokich bilan klub yangi 2020 yilgi mavsum uchun shartnoma imzoladi. Endilikda Jokich yana jonajon Olmaliq shahri jamoasi bo'lgan AGMK sharafini himoya qiladi.

Malumot o'rnida: Yovan Jokich AGMK jamoasi safida jami 36 o'yin o'tkazgan va 14ta gol muallifiga aylangan. SHuningdek, Jokich AGMK jamoasining 2018 yilgi O'zbekiston Kubogi musobaqasida g'olib chiqishida ham katta hissa qo'shgan.

Yovan Jokich butun faoliyati davomida jami 225 o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 24 bor ishg'ol etgan.

Umid qilamizki, Yovan Jokichning AGMKga qaytishi omadli chiqadi va yangi mavsumda jamoamiz o'yinlarida jonbozlik ko'rsatib, bo'lajak g'alabalarda munosib hissa qo'shadi. AGMK ahil oilasiga xush kelding, Yovan!


Yovan Jokich haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1992 yil, 13 avgust

Tug'ilgan joyi: Serbiya

Yoshi: 27

Poziciya: markaziy yarim himoya

O'ynagan jamoalari: "Yavor" (2012-2017), "Atirau" (Qozog'iston, 2017), "Lokomotiv" (O'zbekiston, 2019), AGMK  (O'zbekiston, 2018, 2020-...)

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика