So’nggi yangiliklar

20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  210 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  17 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0

OCHL-2019. AGMK tarixiy bahsda ajoyib "kambek"ni amalga oshirdi Yangiliklar

OCHL-2019. AGMK tarixiy bahsda ajoyib "kambek"ni amalga oshirdi

Teglar :  OCHLAGMKIstiqlol
Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" uchrashuvidan onlayn reportajni taqdim etamiz.

Osiyo CHempionlari Ligasi-2019
Ikkinchi saralash bosqich

AGMK (O'ZBEKISTON) – “Istiqlol” (Tojikiston) 4:2
12 fevral, Olmaliq. "OKMK" stadioni. 16:00.

Gollar: 
Dilshod Jo'raev (25, Jasur Hasanov), Sanat SHixov (72, Jasur Hasanov), Jasur Hakimov (78, Jasur Hasanov), Zafar Polvonov (82, Jasur Hasanov) - Muhammadjon Raximov (2), Jalil Kimsanov (62, Fatxulloev)

Hakamlar
: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Lakrindis Jorj, Rayan Mark Gallaxer (ikkisi Avstraliya), Dmitriy Mashencev (Qirg'iziston)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Xail (Qatar)
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)

AGMK: 45.Akbar To'raev, 4.Mirjamol Qosimov (21.G'ulomHaydar G'ulomov, 68), 5.Dilshod Jo'raev, 8.Sanat SHixov, 9.Zafar Polvonov, 11.Zohir Pirimov (15.Jasur Hakimov, 68), 19.Jasur Hasanov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldashov

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 15.Jasur Hakimov, 21.G'ulomHaydar G'ulomov, 22.Miryulub Kostich, 23.Akmal SHorahmedov, 36.SHahboz Umarov, 37.SHerzod Fayziev.

"Istiqlol": 22.Nikola Stoshich, 4.Baxtiyor Qalandarov (2.Jalil Kimsanov, 19), 5.Iskandar Jalilov, 7.Mixaylo Cakich, 10.Alisher Jalilov, 11.Muhammadjon Rahimov, 17.Ehsoni Panshanbe, 18.Fatxullo Fatxulloev (13.Nozim Babajonov, 86), 19.Ahtam Nazarov, 20.Amirbek Jo'raboev (28.Kamron Tursunov, 80), 21.Oleksey Larin

Zaxira: 1.Rustam Yatimov, 8.Nuriddin Davronov, 14.SHeriddin Boboev, 70.SHahrom Sulaymonov.


AGMK

Dilshod Djuraev - 25', Sanat Shikhov - 72', Jasurbek Khaqimov - 78', Zafar Polvonov - 82'

AFC Champions League Qualification . 1/2-tur

12/02/2019, 15:00

2
:
4
Tugadi

FC Istiklol

Muhammadjon Rahimov - 2', Jalil Kimsanov - 62'

45'
90'
25'  Dilshod Djuraev
72'  Sanat Shikhov
78'  Jasurbek Khaqimov
82'  Zafar Polvonov
2'  Muhammadjon Rahimov
62'  Jalil Kimsanov


YANGILASH


- AGMK dastlabki to'siqdan o'tdi. Endi olmaliqliklar 19 fevral kuni Saudiya Arabistonida mahalliy "Al Nasr" jamoasiga qarshi guruhga chiqish uchun bellashishadi. Ushbu uchrashuvda ham AGMKga omad tilab qolamiz!

- O'YIN TUGADI! AGMK tarixiy bahsda g'alaba qozondi!

- Jamoa qiyin vaziyatga tushib qolganida Qosimov ikkita o'zgarish orqali o'yinga tub burilish yasab yubordi. Qoyil murabbiy! Olmaliqdagi tarixiy o'yin ajoyib muhit va qiziqarli scenariy ostida o'tdi. Muhimi, Olmaliqdagi tarixiy bahsda AGMK muhim g'alabani tantana qilmoqda!

- Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

- Uchrashuv davom etmoqda. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qoldi.

- Maydonda asablar taranglashgani tufayli bahs boshlanib ketdi. Vaziyatni yumshatish uchun Mirjalol Qosimov maydonga tushib ketdi. Janjal kerak emas. Tabloga qaraymiz va tinchlanamiz!


Jasur Hasanovni umuman "eplab" bo'lmayapti...

82` GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! ZAFAR POLVONOV! AGMKni to'xtatib bo'lmayapti. Yana o'sha JASUR HASANOVdan to'p uzatma va gol!!!!

- "Istiqlol"da o'zgarish: Amirbek Jo'raboev o'rniga Kamron Tursunov tushdi.

78` GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL! JASUR HAKIMOV!!!!!! Jasurlar goli! Qosimovning topqirligi o'z so'zini aytdi. Tinib-tinchimas Jasur Hasanovning to'p oshirishi yana naf keltirdi. Bu safar zaxiradan maydonga tushgan Jasur Hakimov havodan kelgan to'pni boshi bilan darvozaga "mixlab" qo'ydi - 3:2!

77`AGMKning xavfli hujumi! Hasanovdan yana pas, Jasur Hakimovning zarbasi... Noaniq.

75`"Istiqlol" yana xavfli va biz uchun noqulay bo'lgan "nuqta"dan jarima zarbasini amalga oshirdi. Yana Fatxullo Fatxulloevning to'p oshirishi va yana o'sha Jalil Kimsanov. Bu safar to'p yo'liga himoyachilar g'ov bo'lishdi...

- Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun 7920 nafar muxlislar tashrif buyurishgani elon qilindi.

- "Istiqlol" tezkor hujum uyushtirdi. Xavfli. Lekin yakunda Akbar To'raev to'pni egallab olib vaziyatni yumshatdi.

72` GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! SAN'AT SHIXOV! Jasur Hasanovning chap qanotdan boshlagan hujumini Sanat SHixov boshi bilan samarali yakunlab qo'ydi - 2:2!

72` Sanat SHixov ikki futbolchini aldab uzoqdan o'ziga zarba berishga sharoit yaratdi va to'pni darvozaga yo'lladi. Kiper o'z o'rnida. 

68` AGMKda o'zgarish: Zohir Pirimov o'rniga G'ulomHaydar G'ulomov, Mirjamol Qosimov o'rniga Jasur Hakimov maydonga tushdi. 

- Qosimov Jasur Hakimov va G'ulomHaydar G'ulomovni maydonga tushirishga qaror qildi. Futbolchilar hozirlanmoqda. 

- Buyog'iga AGMK bor etiborini hujumga qaratishga majbur. Qosimov zaxira futbolchilaridan foydalanishi lozim. 

- AGMK himoyachilari yana standart vaziyati paytida raqib futbolchisini yolg'iz qoldirishdi va o'zbekistonlik himoyachi Kimsanov Olmaliqda yangi jamoasi uchun muhim golga aylanib turgan to'pni kiritdi. 

62` GOL! Jalil Kimsanov! "Istiqlol" yana standart vaziyatidan unumli foydalandi. Fatxullo Fatxulloev tomonidan oshirgan to'pni Kimsanov boshi bilan darvozaga joyladi - 1:2.

60` Maydonda keskin kurash kechmoqda. Har bir yakka-kurashlarda futbolchilar bir-birlarini ayab o'tirishmayapti. SHu boisdan ham ikkinchi taymda fol nisbatan ko'proq qayd etilmoqda.

57` Yo'ldoshev-Rahmatov-Hasanov-Jo'raev-SHixov kombinaciyasini Pirimovning noaniq uzatmasi buzib qo'ydi. Ajoyib hujum ko'kka sovurildi.

55` "Istiqlol" himoyachisi Aleksey Larin raqib hujumini qoidani buzgan holda to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

53` AGMK jarima zarbasini amalga oshirdi. Mirjamol Qosimovning tepgan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi. Qaytgan to'pga zarba beradigan futbolchi esa topilmadi. "Istiqlol" esa bu orada qarshi hujumga o'tib ketishga urindi va fol evaziga raqibning bu urinishi to'xtatib qolindi.

51` "Istiqlol" jamoasining hujumi xavfli tus olayotgan bir pallada hujumda fol qayd etildi.

47` Saydullo Rahmatov raqib futbolchisiga nisbatan qoidani buzgani uchun ogohlantirildi. 

- Ikkinchi taym boshlandi! 

- Tanaffus! AGMK - "Istiqlol" 1:1 hozircha.

45` Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43` "Istiqlol"ning burchak zarbasidan o'ylagan hiylasini AGMK himoyachilari o'z vaqtida payqab qolishdi va xavfni bartaraf etdi.

40`O'yin markazga ko'chdi. Jamoalar tanaffus oldidan ehtiyotkorroq bo'lib o'ynashmoqda.

35`AGMK to'pni nazorat qilgan holda raqib himoyasidagi bo'shliqni qidirmoqda. 

30` Uchrashuv maydon egalarining to'liq ustunligi va nazorati ostida o'tmoqda. Ammo "Istiqlol" tezkor qanotlari orqali qarshi hujumga juda xavfli tarzda yo'l olishi mumkin. Ehtiyotkorlikni yo'qotmaslik zarur

27` Hujumkor va juda tezkor futbol guvohiga aylanyapmiz. Bu orada stadionga yana bir guruh qo'shni tojikistonlik muxlislar tashrif buyurishmoqda. Bugun nafaqat maydonda, balki tribunalarda ham o'ziga xos derbi bo'lmoqda. Muxlislar o'z suyuklilarini ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda. 

- Dilshod Jo'raev AGMK jamoasi tarixiga kirdi. Olmaliqliklarning yangi transferiga aylangan futbolchi jamoaning xalqaro musobaqalardagi ilk to'pini kiritdi.

25` GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! DILSHOD JO'RAEV! Jasur Hasanovning burchak zarbasidan oshirgan to'pini Dilshod Jo'raev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:1.

21` "Istiqlol" futbolchisi Sakich ko'polligi uchun ogohlantirildi.

19` "Istiqlol"da majburiy o'zgarish: jarohat olgan Qalandarov o'rniga o'zbekistonlik futbolchi, "Qo'qon-1912"ning sobiq himoyachisi Jalil Kimsanov maydonga tushirildi.

17` XAVFLI VAZIYAT! AGMK burchak zarbasidan so'ng hisobni tenglashtirishiga juda oz qoldi. Qosimovning oshirgan to'pini Polvonov sherigi tarafga "skidka" qildi va Dilshod Jo'raevning boshi bilan bergan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.  

15` AGMKning xavfli hujumi! Zohir Pirimov tomonidan berilgan zarbani darvozabon qaytarib yubordi. Qaytgan to'pga zarba beradigan futbolchi esa topilmadi. Bu orada raqib futbolchisi maydonda yotib oldi. Mahalliy muxlislar esa buni vaqt cho'zish uchun qilinayotgan holat deb baholashmoqda va norozilik ohanggida hayqirishmoqda. 

14`AGMKning javob tariqasida uyushtirgan hujumi besamar yakunlandi. Hakim Fuzaylov shogirdlariga shoshilmaslik kerakligini takidlab, o'yin suratini tushirishni so'ramoqda. 

12` "Istiqlol" chap qanotdan xavfli hujumni sodir etdi. Alisher Jalilovning say-harakatlari evaziga yuzaga kelgan vaziyatda to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi. 

10`O'yin tempi nihoyatda yuqori. Jamoalar to'pni egallashi bilan oldinga o'tish choralarini izlashmoqda. AGMK o'yinni o'z nazoratiga oldi. Hujumga o'tish yo'llarini qidirmoqda. "Istiqlol" esa qarshi hujum rejasini ishga solishga harakat qilmoqda. 

7` AGMK o'tkazib yuborilgan golga reakciyasini ko'rsatmoqda. Jamoa to'liqligicha hujumga o'tmoqda. Bizni qiziqarli va hujumkor futbol kutayotganga o'xshaydi. "Istiqlol" esa o'yin suratini tushirib, tizginni qo'lga olmoqchi. 

- GOL! "Istiqlol" tezkor gol urishni uddaladi. Dastlabki daqiqalardanoq hujumga otlangan "Istiqlol" hisobni ochishga erishdi. Gol muallifi - Muhammadjon Raximov. Jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan so'ng raqib futbolchisi unumli foydalandi - 0:1.

- Olmaliqda TARIXIY O'YINga start berildi! Xushtakni esa siz-u bizga yaxshi tanish bo'lgan yaxshi inson - Kim Dong Jin chaldi! OLG'A AGMK!

- OCHL madhiyasi sadolari ostida jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...

- Jamoalar chigalyozdi mashqlarni yakunlab kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Yana sanoqli daqiqalardan so'ng uchrashuvga start beriladi.



- Bugungi uchrashuvni kuzatish uchun nafaqat mahalliy ishqibozlar, balki Tojikistondan ham "Istiqlol" jamoasi muxlislari tashrif buyurishgan. Qayd etish kerakki, uchrashuv oldidan har ikkala jamoa ishqibozlarining kayfiyatlari ancha chog'.


- Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarni bajarish uchun maydonga chiqishdi. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! OCHL pley-off bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli onlayn translyaciyani amalga oshiramiz. Mazkur bahsda g'alaba qozongan jamoa, 19 fevral kuni Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubiga qarshi to'qnash keladi. Aynan o'sha bahsda qaysi jamoa OCHL guruh bosqichida ishtirok etishiga oydinlik kiritiladi.

AGMK

Dilshod Djuraev - 25', Sanat Shikhov - 72', Jasurbek Khaqimov - 78', Zafar Polvonov - 82'

AFC Champions League Qualification . 1/2-tur

12/02/2019, 15:00

2
:
4
Tugadi

FC Istiklol

Muhammadjon Rahimov - 2', Jalil Kimsanov - 62'

45'
90'
25'  Dilshod Djuraev
72'  Sanat Shikhov
78'  Jasurbek Khaqimov
82'  Zafar Polvonov
2'  Muhammadjon Rahimov
62'  Jalil Kimsanov

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика