AGMK gruziyalik to'purarni o'z safiga qo'shib oldi
04 fev 2023 15:08
Yangiliklar
AGMK gruziyalik to'purarni o'z safiga qo'shib oldi
Sxaltubo shahrining “Samgurali” klubi azosi bo'lgan Ruxadze AGMK murabbiylar shtabi nazariga tushganiga ancha bo'lgandi. Uning jamoasi ham hozirda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Turkiyada tashkil etmoqda. Aynan o'sha erda tomonlar muzokaraning yakuniy bosqichini o'tkazdilar va Olmaliq klubi Irakli Ruxadzening trasfer huquqini to'laligicha sotib oldi. SHundan keyin gruziyalik legioner AGMK bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
1996 yilning 28 oktyabrida tug'ilgan ushbu futbolchi o'z paytida Gruziya yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan. Uning statistikasiga etibor qaratsak, Irakli o'tgan mavsum Gruziya chempionatida 30ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi (Gruziya chempionatida 2-ko'rsatkich) hamda sheriklariga 2ta golli pas berdi. Butun faoliyati davomida esa futbolchi 138ta uchrashuvda 38ta gol urgan va 12ta golli uzatma bergan.
Fikrlar