So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  17 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

AGMK azolari bugunoq tibbiy ko'rikdan o'tishdi, indinga test topshiriladi Yangiliklar

AGMK azolari bugunoq tibbiy ko'rikdan o'tishdi, indinga test topshiriladi

Teglar :  AGMK
AGMK jamoasi tezkorlik bilan jamoa futbolchilari va barcha personallarni tibbiy tekshiruvdan o'tkazish tadbirini tashkillashtirdi.

Superliga jamoalarida koronavirus aniqlanayotgani, xususan o'tgan turdagi raqibi "Paxtakor" klubining 5 nafar futbolchisida koronavirus tasdiqlanishi bilanoq AGMK jamoasi tezkorlik bilan jamoa futbolchilari va barcha personallarni tibbiy tekshiruvdan o'tkazish tadbirini tashkillashtirdi.

Bugun ertalab AGMKning barcha azolari dastlabki tibbiy nazorat, MRT (magnit rezonans tomografiya) tekshiruvidan o'tkazildi. Tekshiruv natijalari ertaga malum bo'ladi.

SHuningdek, AGMK jamoasi yangi hafta, yani seshanba kuni koronavirusga test topshiradi. Bunga qadar ham jamoa karantindan keyin yig'ilgach va mavsum restartidan oldin koronavirus testini topshirgan va karantin qoidalari hamda gigienik talabalarini muntazam bajarib kelmoqda.

Hozirda jamoa karantin qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda izolyaciya qilingan. Futbolchilarning umumiy holati barqaror va klub shifokorlari tomonidan doimiy tibbiy nazoratda bo'lib turibdi.

AGMK futbol klubi mazkur holatga to'liq masuliyat bilan qaraydi va barcha karantin tadbirlari hamda qoidalariga rioya qiladi.

SHuningdek, AGMK klubi Superliga jamoalari futbolchilari orasida hamda yurtimizdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlarga tezroq sog'ayib, shifo topishlarini tilaydi!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика