So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

AGMK - "Andijon": Prevyu Yangiliklar

AGMK - "Andijon": Prevyu

Mazkur qarama-qarshilik tarixida hozirga qadar 17 uchrashuv o'tkazilgan.

AGMK "Andijon"ga qarshi o'yinlarda 10 marotaba zafar quchgan. Yubiley 10-g'alabaga yaqindagina Andijonda o'tgan birinchi davra doirasidagi bahsda erishilgandi. "Andijon" esa AGMK ustidan 4 bor g'alaba nashidasini surishga muvaffaq bo'lgan. Mazkur g'alabalarga "Andijon" jamoasi 2008, 2009, 2010 va 2011 yillardagi mavsumda, o'z uyida kechgan bellashuvlarda erishgan. Yani, AGMK Olmaliqda "Andijon"ga hech bo'yin egmagan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi qolgan 3 uchrashuvda esa durang natijasi qayd etilgan. Mazkur murosa yo'liga kelingan 3 bellashuvdan ikkitasi (2014, 2016) Olmaliqdagi bahsda sodir bo'lgan. Andijonda esa jamoalar bir marotaba, yani 2014 yilgi mavsumda durang qayd etishgan. Qizig'i, 2014 yilgi mavsumdagi har ikkala bahsda ham g'olib nomi aniqlanmagan.

SHu tariqa mazkur qarama-qarshilikdagi sezilarli ustunlik AGMK tarafida. To'plar nisbati bo'yicha ham ko'rsatkich tabiiyki AGMK foydasiga xizmat qilmoqda: 30-20.



Mazkur o'yinga jamoalar ikki xil kayfiyatda kelishmoqda. Superliganing ikkinchi davrasidagi ilk turda AGMK Bekobodda hakamlik qurboniga aylanib mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Andijon" o'z uyida kechgan bahsda "Buxoro"ni (2:0) taslim etdi. Etiborli tarafi, ikkinchi davraga tayyorgarlik bosqichi doirasida AGMK ham "Buxoro"ga qarshi nazorat o'yinini o'tkazgan va xuddi "Andijon" kabi 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. Aleksandr Xomyakov jamoasi rossiyalik mutaxassis qo'l ostida o'zining ilk g'alabasini o'tgan turda rasmiylashtirdi. Bu g'alaba "Andijon" uchun mavsumdagi ikkinchisiga aylandi.

AGMK - "Andijon" uchrashuvi qiziqarli kechishiga bir qancha omillar mavjud. Birinchi navbatda har ikkala jamoaga ham ochko suv va havodek zarur. SHuningdek, jamoalar turnir jadvalida bir xil ochko jamg'argan holda "qo'shni"ga aylanishgan. Bu esa mazkur to'qnashuv qadrini ikki hissaga oshiradi va Olmaliqdagi bahs tabiiyki 6 ochkolik o'yinga aylanadi.



AGMK"Andijon" ustidan birinchi davradagi muvaffaqiyatni takrorlash uchun jiddiy bel bog'lagan.

Qayd etish kerakki, bu uchrashuvda AGMKni bosh murabbiy Mirjalol Qosimov diskvalifikaciya tufayli boshqarib tushmaydi. "Metallurg" bilan o'yinda olingan qizil kartochka evaziga Mirjalol Qosimov o'yinni tribunada kuzatadi.

Mazkur o'yinda AGMK o'zining ananaviy sariq rangli libosda harakat qiladi. "Andijon" esa oq libosda maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, AGMK - "Andijon" uchrashuvi 31 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK "Markaziy" stadionida soat 19:00da boshlanadi.




OKMK

Zafar Polvonov - 71', Elguzha Grigalashvili - 81'

Superliga. 15-tur

31/07/2019, 19:00

2
:
2
Tugadi

Andijon

Qahramon Bahodirov - 51', Shahzod Ubaydullayev - 67'

45'
90'
46'  Mirjamol Qosimov ()
46'  Dilshod Jo’rayev (Jasur Umarov)
71'  Zafar Polvonov
81'  Elguzha Grigalashvili
50'  Abduraxmon Abdulxaqov (Qahramon Bahodirov)
51'  Qahramon Bahodirov
67'  Shahzod Ubaydullayev
68'  Qahramon Bahodirov (Oybek Qilichev)
74'  Shahzod Ubaydullayev (Robbim Hasanov)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика