​Agent Susoni “Real”ga taklif qildi

29 iyun 2018, 08:50
“Milan” a'zosi xizmatlari “Real”ga taklif etildi.

Susoning agenti Alessandro Lucho mijozi xizmatlarini Madrid klubiga taklif etdi. UEFA qaroriga ko'ra, “Milan” Yevropa Ligasida moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun o'ynamaydigan bo'ldi. Shuning uchun jamoa o'z yetakchilarini sotishga rozi bo'lishi mumkin.

24 yoshli xavbekning xizmatlariga hozirda “Inter” va “Atletiko” ham qiziqish bildirmoqda. Uning tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi.

Madridliklar hozircha bu taklifga hech qanday javob bermagan. Ammo jamoaning yangi ustozi Xulen Lopetegi uchun Suso xizmatlari qiziq bo'lishi mumkin. Sababi Lopetegi futbolchi bilan Ispaniya o'smirlar hamda yoshlar terma jamoasida birga ishlagan.


O'xshash yangiliklar


Manba: Marca