Agent: "Lukaku turli chempionatlarda o'ynamoqchi"
05 apr 2019 13:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/487837_original.jpg)
![](/upload/storage/487837_220.jpg)
Agent: "Lukaku turli chempionatlarda o'ynamoqchi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Federiko Pastorello belgiyalikning maqsadlari haqida gapirdi.
"Ayni paytda Romelu mavsum yakuniga etiborini qaratgan. Bu uning ikkinchi mavsumi va shartnoma bo'yicha yana 3 yil bor. Ko'ramiz, nima ro'y berar ekan. U turlicha futbolni va turli madaniyatni yoqtiradi. U turli mamlakatlarda o'ynashni xohlaydi va o'sha chempionatlarda sovrin yutishni istaydi. Yakunda esa farzandlariga "Men u erda ham, bu erda ham g'olib bo'lganman", - deyishni xohlaydi. Uning kelajagi ochiq, lekin biz buni muhokama qilmaymiz. Unga Italiya yoqadi, Germaniya chempionati ham kuchli. "Barselona" va "Real" kabi jamoalar istalgan o'yinchining etiborini tortadi", - dedi agent.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar