Agent: "Balotelli futbolni tugatgani maqul"
11 iyu 2020 12:33
Yangiliklar


Agent: "Balotelli futbolni tugatgani maqul"
Italiyalik futbol agenti Furio Valkaredji "Breshia" hujumchisi Mario Balotelli haqida gapirdi.
"O'tgan mavsumda men Balotelli bilan shartnoma imzolagan bo'lardim, ammo vaziyat hozirda shuni taqozo etmoqdaki, u futbolni tugatgani yaxshiroq.
O'ylaymanki, uning agenti Mino Rayola unga yordam berishi kerak edi va u masuliyatni o'z zimmasiga olishi kerak. Buning o'rniga Mino uni katta chempion sifatida gapiradi, natijalari esa odamni umidsizlikka tushiradi", - deydi Valkaredji.
Balotelli "Breshia"ga 2019 yilning avgustida o'tgan edi. Mario joriy mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar