So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3

Agar Rossiya chempionati muddatdan avval tugatilsa SHomurodov "Rostov"dan ketadi. Unga Bundesligadan aniq taklif bor Yangiliklar

Agar Rossiya chempionati muddatdan avval tugatilsa SHomurodov "Rostov"dan ketadi. Unga Bundesligadan aniq taklif bor

O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodovga ko'plab klublardan qiziqish borligi hech kimga sir emas.

"Keyingi mavsum Bundesligani yanada ko'proq o'zbekistonlik muxlislar tomosha qilish ehtimoli yuqori. Biroz avval Eldor SHomurodovning agenti bilan gaplashdim va undan qandaydir yangilik so'radim.

Agar Rossiya premer-ligasining bu yilgi mavsumi muddatdan avval tugatilsa, SHomurodov klubdan ketishi 100 foiz aniq. Agar Rossiya chempionati davom ettirilsa o'z-o'zidan Eldor "Rostov"da o'ynaydi.

Bugungi kunda O'zbekistonning eng mashhur hujumchisiga Germaniya, Ispaniya va Italiya klublaridan jiddiy qiziqish bor. Kelishuvga ko'ra klublar nomi oshkor etilmaydi. Eldor va uning agenti uchun hozirda birinchi o'rinda Germaniya klubining taklifi turibdi. Undan keyin Ispaniya, so'ngra Italiya klubi takliflari o'rganilmoqda.

SHunday ekan, keyingi mavsum SHomurodov Germaniya Bundesligasida o'ynashi mumkin", - dedi championat.asia asoschilaridan biri Gayrat Xasbiullin "Tezkor studiya"ning kechagi sonida.


Quyida "Tezkor studiya" dasturini tomosha qilishingiz mumkin. 



Reyting: +89   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика