Agar RFEF prezidentligiga Antonio Torres kelsa, Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin
01 iyu 2020 10:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578040_original.jpg)
![](/upload/storage/578040_220.jpg)
Agar RFEF prezidentligiga Antonio Torres kelsa, Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin
"Ximnasiya La-Plata" bosh murabbiyi Diego Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Antonio Torres Ispaniya futbol federaciyasi (RFEF)ga yangi prezident bo'lgan taqdirda, bu ish amalga oshishi mumkin.
Sobiq futbolchi va hakam fevralda RFEF rahbarligi uchun davogarlardan biriga aylandi, uning bo'lajak saylovlardagi raqibi federaciyaning hozirgi prezidenti Luis Rubiales hisoblanadi.
Torresning so'zlariga ko'ra, u allaqachon Maradonaning vakillari bilan kelishuvga erishgan. Argentinalik Ispaniya termasiga tayinlangan taqdirda uning oldiga JCH-2022ning finaliga chiqish vazifasi qo'yiladi.
Maradona iyun oyi boshida "Ximnasiya" bilan tuzgan shartnomasini 2021 yilning so'nggiga qadar uzaytirgan edi.
O’xshash yangiliklar
12:39
"O'zbekistonning o'yini men uchun kutilmagan voqea bo'lmadi" - Ispaniya olimpiya termasi ustozi 22
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar