So’nggi yangiliklar

14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  2 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  1 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  5 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  6 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  38 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  13 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  23 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2

"Agar pulni o'ylaganimda "Lokomotiv"ni emas, arab klublardan birini tanlardim" Jasur Jaloliddinov bilan intervyu (matnli) Yangiliklar

"Agar pulni o'ylaganimda "Lokomotiv"ni emas, arab klublardan birini tanlardim" Jasur Jaloliddinov bilan intervyu (matnli)

So'nggi paytlarda muhokama markazida bo'lib turgan o'zbekistonlik yosh iqtidor egasi Jasur Jaloliddinov bilan tashkil qilingan intervyuning matnli variantini etiboringizga havola etamiz.

- O'tgan davr mobaynida siz va jamoangiz "Lokomotiv" haqida ko'plab malumotlar, maqolalar chiqdi. Mana shu mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida sizni intervyuga taklif qildik. Keling, dastlab "Lokomotiv"ga o'tish tarixini gapirib bersangiz...
- O'tgan mavsum yangi yil bayrami atrofida agentlar qo'ng'iroq qilib "Lokomotiv" qiziqish bildirayotganini aytishgan. Agar o'tishni istasang biz shu darajagacha olib kelamiz deb takidlashgandi. Men esa ularga javoban bu jamoa yoqishini bildirganman. SHundan so'ng transfer amalga oshishiga 2-3 oy qolganida boshqa takliflar ko'rib chiqilmagan. Faqat "Lokomotiv" haqida o'ylashni boshladim. Qolgan ishlarda to'g'risi men qatnashmadim. Agentlar bilan gaplashganimda ham har doim vaziyat "Bunyodkor" foydasiga hal bo'lishini iltimos qilaman. Ularning aytishi bo'yicha bu erda hech qanday tushunarsiz ish bo'lmagan. Maqsadim "Bunyodkor"dan yaxshi jamoaga o'tish, bundan ortiq yomon niyatim, g'araz maqsadim yo'q edi. Agar niyatim boshqa bo'lganida menda buning uchun imkoniyat yuzaga kelgan. Vadim Abramov jamoaga kelgan ilk paytida Rossiyaning bir jamoasining akademiyasiga yo'l olishim mumkin edi. Istaganimda, klubni shu ahvolga tashlab ketgim kelgani o'shandayoq bu ishni amalga oshirardim. Men har doim jamoadan chiroyli ketishni xohlaganman.

- "Lokomotiv"dagi ilk hafta qanday o'tdi? Taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz, kumirlaringiz bilan birga mashg'ulot o'tkazishni zavqini his qildingizmi?
- Ketishim ham muammoli bo'ldi. Jamoamizda koronavirus chiqdi. Keta olmasam kerak degan hayolga ham bordim. Meni xotirjam qilgan narsa murabbiyning xonasiga chaqirib: Hech qanday gaplarga etibor qilma, mening skautlarim bor, ular butun dunyodan iqtidorlarni qidirishadi. Seni men chaqirganman. Uning shu gapidan keyin menda stress yoki hayajon bo'lmadi, kimlarnidir gaplariga etibor qilmadim. Mana shu jarayondan so'ng o'zimda hech qanday o'zgarish sezmadim.

- Gap-so'zlarga qaraganda sizni avvalgi rahbariyat va murabbiy chaqirgan. Lekin yangi murabbiy Nikolich menga kerak emas degan gaplarni aytgan ekan.
- Nikolichning bir gapi bor edi." Yosh futbolchi degani birdaniga o'ynab ketmaydi",- degan. Tajribali futbolchilarni oldida tajriba to'plab borishimizni, vaqti kelib maydonga tushishimizni ko'p bor takidlardi. Siz aytgan fikrlarni to'g'risi o'zim aniq faktlar bilan eshitmaganman.



- Sizni chempionat bahslariga ro'yxatdan o'tkazishni kechikkanligini qanday qabul qilgansiz? O'sha pallada yakka tartibda mashg'ulot o'tkazayotgan edingiz...
- Rasmiy o'yinlardan oldin ro'yxatdan o'tmaganlar alohida mashg'ulot olib borardi. Boshqa payt esa jamoa bilan birga bo'lardi. Bir kuni murabbiy meni oldiga chaqirib nima uchun muammolarni hal qilmayotganimni, menga umid qilayotganini va maydonga tushirishini aytdi. O'sha uchrashuvdan so'ng hal qilganman, "Rostov","Zenit" kabi o'yinlarda zaxirada o'tirgandim. Qaltis vaziyat yuzaga kelgan, hisob 0-0 ko'rinishini olgandi. Agarda natija boshqacha bo'lganida murabbiy imkoniyat berardi. "Lokomotiv"ga o'tishimga hamma har xil qaradi. Ko'pchilik pul uchun ketdi, agentlar pulni tanladi deyishdi. Ochiq oydin nima bo'lganini bilmayman. Agar pulni deganimda arab davlatlaridan tayyor takliflar bor edi. Ko'zimni yumib shu chempionatlardan biriga borardim. Men CHempionlar ligasida o'ynaydigan jamoaga bordim.

- Ro'yxatdan chiqarishganida nimalarni his qildingiz?
- Avvaliga ro'yxatga qo'shishganida ichimda ishonch paydo bo'ldi. Jamoaga yaxshi kirishib ketdim. Qaysidir manoda umid bor edi. Lekin hamma narsaga tayyor turdim. Ro'yxatdan chiqarishganini to'g'ri tushundim. CHunki, ular yaxshi saviyadagi futbolchisini kuchli jamoaga sotdi. Men O'zbekistondan bordim. CHempionlar ligasida o'ynaydigan jamoa O'zbekistondan futbolchi olib birdaniga o'ynatmasa kerak deb o'yladim. Hali ularning talabiga javob bermayman.

- O'sha paytdagi jismoniy holatingiz bo'yicha jamoadagi futbolchilarga raqobat tug'dirishga tayyormidingiz?
- Buni yashirish shart emas. Men tayyormasdim. U erga ketishimdan oldin ham buni bilardim. O'zbekistondan borib "Lokomotiv" futbolchilari bilan tenglashish noto'g'ri bo'lardi. Ayrimlar Ispaniyaga bor, sening uslubinga mos dedi. Lekin, Ispaniyaga borishim uchun ham jismoniy holatimni yaxshilashim kerak edi. Garchi moskvaliklar safida maydonga tushmagan bo'lsamda, murabbiy bilan alohida ishlab jismoniy tomondan kamchiliklarimni to'g'irlay oldim. 2-3 oy ichida katta futbolchilar orasida o'zimni yaxshi his qilishni boshladim.

- "Lokomotiv" ECHLda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Kerak bo'lsa, "Atletiko" bilan ham durang natija qayd etdi. Ammo, ichki chempionatda munosib ishtirok eta olmayapti. Hozirda turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda ketmoqda. Bunga sabab sifatida nimani ko'rsatish mumkin?
- Jamoada ichki muhit yaxshi darajada. SHaroit tomonidan muammo yo'q. Hammasi zo'r. Ko'pchilik bu jamoani ECHLda muammo to'g'dira oladi deb o'ylaydi. Menimcha, orada murabbiy va klub prezidenti bilan ozgina tushunmovchilik bo'ldi.

- "Tambov"ga o'tishingiz kimning tanlovi bo'ldi?
- Jamoada legionerlar uchun bitta bo'sh joy bor, kutib turamiz deyishdi. Ko'p legionerlar boshqa jamoalarga ketishdi. Men qolib jamoa bilan mashg'ulotlar olib bordim. 2-3 qolganda meni ijaraga berishlari aniq bo'ldi. Agarda bir oy oldin aytishganida yaxshiroq jamoaga o'tardim. Transfer oynasi vaqtida hamma jamoalar tarkibini to'ldirib olardi, kimda bo'sh joy bo'lsa o'sha klubga o'tishdan boshqa ilojim qolmagandi. Hattoki, "Bunyodkor"ga ham qayta olmasdim.

- "Tambov"da vaziyat qanday bo'ldi? Murabbiy sizga faqat kubok bahsida bitta o'yinda imkoniyat berdi...
- O'ylashimcha, murabbiy ko'proq tajribali futbolchilarga ishondi.

- Agentingiz bilan tanishish tarixini ayta olasizmi?
- Meni ancha paytdan beri kuzatib yurardi. Birinchi marotaba Dubaydagi yig'in davomida ko'rishib tanishganmiz.

- Olti oydan beri o'yin amaliyotiga ega bo'layotganingiz yo'q. Yosh futbolchiga bu qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz?
- Futbolchi o'ynamasa o'smaydi degan fikrga qo'shilmagan bo'lardim. Mashg'ulotlardan ham ko'p narsa o'rgansa bo'ladi. Aka-uka Miranchuk, CHorluka kabi futbolchilar bilan birga mashg'ulot o'tkazib zavqlanardim. Ko'p narsa o'rganishga harakat qilardim, kerak bo'lsa ularning ortidan mashqlarni qaytarardim. Maslahat olardim.

- Baribir chetga chiqqan futbolchida o'zimizning chempionatni, futbolchilarni taqqoslash imkoni yuzaga keladi...
- Birinchi o'rinda sharoit. U erda proffessional futbolchi bo'lish uchun barcha narsa bor. Klubdagi vitaminizaciya, sharoitdan kelib chiqib futbolchi o'z-o'zidan proffessional darajaga chiqadi.

- Muxlislardan ham savollar kelgan. "Loko"o'tish xato emasmidi? Har holda Miranchuk bilan raqobatlashishingizni bilardingiz...
- O'tgan ish o'tib ketdi. Men hech narsadan afsuslanmayman. Futbolchining yo'li bo'lsa, men bitta yo'ldan ketdim. Barchasi o'z qo'limda, deb o'ylayman.

- "Spartak" futbolchisi Oston O'runovning CUMdagi surati ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi. Ushbu holatga munosabatingiz ni bildirsangiz...
- Oston O'runovning suratini noto'g'ri qabul qilmadim. U o'zi ishlab topgan pulga kiyindi. Jamoasidagi boshqa legionerlar ham shunday suratlarni instagram sahifasiga joylagan. Biroq, nima uchundir faqat uni muhokama qilishdi. Men ham havas qilib kiyingim kelgan. Ammo, shunday holat bo'lishini bilib rasm qo'ymadim.



- Baribir "Lokomotiv"da katta maosh olasiz. Sovg'alar olib kelganingizda uydagilar qanday kutib olishdi?
- To'g'risi, ular mendan sovg'a yoki boshqa narsalar kutishmaydi. Birinchi o'rinda sog'-salomat yursam bo'lgani. Buvim, tog'am ham hech narsa kerak emas deb aytishadi. Lekin, maqsadim meni bolaligimdan hech narsaga zoriqtirmasdan, kam qilmasdan katta qilgan uydagilarimga imkonim boricha yordam berish. Qolgan narsa haqida ko'p o'ylamayman.

- Garchi og'riqli bo'lsada bu savolni berishga majburman. Hozirgi yutuqlaringizni ota-onangiz ko'rmaganidan afsuslanmaysizmi?
- Hammasi xudodan. Avvallari shunday xayol o'tardi. Agar ota-onam hayot bo'lganida va bunday qiyinchiliklarni ko'rmaganimda balki bu darajadagi futbolchi bo'lib etishmasligim mumkin edi. Ular meni kuzatib turishganini bilaman. Hayotda yagona maqsadim ularning orzularini ro'yobga chiqarish.

- "Benevento"ga o'tmaganingizni sababi nimada?
- Italiya klubiga o'tmaganim ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi. Pandemiya boshlangach "Benevento"ga bormasligim aniq edi. Xabarlarda ham u erga faqat ko'rik uchun borishim qayd etib o'tilgandi. Ko'rikda baribir etibor kuchli bo'lmaydi.

- O'zingiz haqingizda matbuotda chop etilayotgan maqolalarni kuzatib borasizmi?
- Insonlarning fikrlarini o'qib, havolanib ketib o'smay qolgan futbolchilar etarlicha. Muxlislarga shunchalik qayg'urishgani uchun rahmat aytaman.

- Suhbatimizni terma jamoa haqida davom ettirsak. Sizning yoshingizdagi avlod o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarida ishtirok eta olmadi. Qanday hissiyotlar kechdi?
- Ilk marotaba Dilshod aka Nuraliev murabbiyligida saralashda ishtirok etganmiz. Bizdan avvalgi o'smirlar terma jamoalarining barchasi Osiyo chempionatlarida qatnashgan. Saralashdan qolib ketishimiz mumkin emasdi. Musobaqada qiyin vaziyatga tushib qoldik, samalyotga ulgurmasdan bir kun avtobusda yurdik. So'nggi hal qiluvchi o'yinda Saudiya Arabistoniga yutqazganmiz. O'shanda mening ham katta xatoim bo'lgan. Yaqin orada Dilshod akani o'zlariga ham aytib uzur so'radim. Iordaniya bilan yutadigan o'yinimizda yuz foizlik vaziyatlardan foydalana olmaganman. So'z bilan ifodalash qiyin. O'shanda ko'p bolalar futbolni yig'ishtirishgandi. Bizda yana bir imkoniyat bo'ldi. Endi yoshlar terma jamoasi bilan saralashga bordik. Xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qildik. Garchi Osiyo chempionati mezbonligi bizga berilgan bo'lsada, guruhimizdagi Saudiya Arabistonidan revansh olib ularni ortda qoldirishni istagandik. O'sha lahzalarda yigitlarning ko'zida o't yonardi. Birinchi bo'limda futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatishgan va darvozamizga penalti belgilashgan. Tanaffusda hamma yig'lagandi. Katta janjal ham bo'lgan. Ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirganmiz. Bu lahzalarni hech narsaga almashib bo'lmaydi. Musobaqadan so'ng Otabek aka ishdan olindilar. Temur aka ham yaxshi jamoa shakllantirdilar. Nasib qilmagan ekan endilikda olimpiyadaga chiqishga harakat qilamiz.

- Futboldagi armoningiz va orzuingiz bormi?
- Armon haqida o'ylamayman. Bitta-yu bitta orzuim vafot etgan onamning orzularini amalga oshirish. 




Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика